- Maqola MS WORD matn muharririda, Times New Roman shriftida 14 yozuv o‘lchami kattaligida, 1,15 intervalda bo‘lishi lozim.
- Matn A4 hajmda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirib rasmiylashtirilishi kerak.
- Maqolaning hajmi annotatsiya, kalit so‘zlar va foydalanilgan adabiyotlarni hisobga olmaganda kamida 6-10 betgacha bo‘lishi mumkin hamda grammatik, orfografik va stilistik xatolardan holi bo‘lishi, shuningdek, o‘zgalarning materialaridan ko‘chirib olish (plagiat) holatlari uchramasligi kerak.
- Iqtiboslar soni oxirgi 15-yilda chop etilgan kamida 10-15 ta manba bo‘lishi zarur.
- Mavzu nomi bosh harflarda va qoraytirilgan holda, mavzudan oldin muallif(lar)ning F.I.SH., ilmiy daraja, unvonlari va ish (o‘qish) joyi to‘liq (qisqartmalarsiz) keltiriladi. Barcha ma’lumotlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida bo‘lishi shart.
- Maqolada annotatsiya o‘zbek (lotin yozuvi), rus va ingliz tillarida (12 shrift, 1 interval oraliqda) yozilishi lozim. Annotatsiyada mavzuning tasnifi, ishning maqsadi va erishilgan natijalar, ishning ilmiy yangiligi bilan bog‘liq ma’lumotlar beriladi. So‘zlar soni 150-250 so‘z oralig‘ida bo‘lishi maqsadga muvofiq.
- Kalit so‘zlar – 8-10 tadan kam bo‘lmagan uch tilda – o‘zbek (lotin yozuvi), rus, ingliz tillarida beriladi.
- Maqola matni– kengligi bo‘yicha tekislangan bo‘lishi kerak.
- Maqolaga havola(snoska)lar [1], [1,2,...], [2, B.170], [3, B.132, 185, 193] yoki [1, B.132; 3, B.185] ko‘rinishida va maqola so‘ngida foydalanilgan adabiyotlar sifatida ko‘rsatilishi hamda qavs ichida ingliz tilidagi tarjimasi bilan (elektron resurslardan tashqari) berilishi lozim.
- Jadvallar: “Jadval” so‘zi bilan ifodalanib arab raqamlari bilan qayd etiladi. Jadvalning nomlanishi va qayd raqami (nuqtasiz) beriladi va o‘ng tomonga to‘g‘rilanadi, jadvalning nomi keyingi qatorda o‘rtadan qoraytirilgan shriftda yoziladi.
- Maqoladagi ma’lumot va dalillarning aniqligi, to‘g‘riligi va ko‘chirmakashlikka yo‘l qo‘yilmaganligiga muallif javobgardir.
- Rasmiylashtirish bo‘yicha axborot xati yakunida NAMUNA berilgan. Ushbu namunadan foydalanish tavsiya etiladi.
- Ushbu talablarga javob bermagan materiallar jurnalda chop etish uchun qabul qilinmaydi.