• MAVZU VA YO‘NALISH: Maqola jurnal ruknlaridan biriga mos keluvchi mavzu va yo‘nalishga oid bo‘lishi kerak. Dolzarb, ilmiy-amaliy ahamiyatga ega masalalar yoritilgan bo‘lishi maqsadga muvofiq.

    ORIGINALLIK: Maqola original bo‘lishi, ilgari biror nashrda chop etilmagan bo‘lishi shart. Plagiatga yo‘l qo‘yilmaydi.

    TIL: Maqolalar uch tildan birida – o‘zbek (lotin yozuvida), rus yoki ingliz tilida qabul qilinadi.

    MAQOLANI KO‘RIB CHIQISH: Jurnal Tahrir hay’atiga kelib tushgan barcha ilmiy maqolalar “double-blind peer review” usulida anonim ekspertiza qilinadi. Tahrir hay’atining bir yoki bir necha a’zosi maqolani ko‘rib chiqib, xulosa bildiradi. Ijobiy xulosa olingan taqdirdagina maqola jurnalda chop etiladi.

    TAHRIR HUQUQI: Tahririyat taqdim etilgan maqolalarni tahririy jihatdan qisqartirish, tuzatish va muharrirlik o‘zgartishlar kiritish huquqiga ega (maqolaning mazmun-mohiyatiga ta’sir qilmagan holda).

    Belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan yoki mavzu yo‘nalishlari jurnal profiliga mos kelmagan maqolalar Tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

    TALABGOR MUALLIFLAR: Jurnalga professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar (doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar) hamda huquqni qo‘llash amaliyotida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar (adliya xodimlari, advokatlar, yuristkonsultlar, sudya, prokuratura xodimlari va hokazo) ilmiy maqola topshirishlari mumkin.

    NASHR TO‘LIQLIGI: Jurnalning bir sonida bitta muallifning faqat bitta maqolasi nashr etiladi (mualliflarning hamkorlik (hammualliflik)da yozgan maqolalari ham bir sonda nashr etishga yo‘l qo‘yilmaydi).