Abstrakt
Mazkur maqolada sun’iy intellekt hamda uning raqobat huquqi doirasida huquqiy tartibga solish masalalari hamda ahamiyati yoritib beriladi. Bunda, asosan, sun’iy intellektning raqobat muhitiga qay darajada ta’sir o‘tkazgani, uning raqamli bozordagi o‘ziga xos jihatlari hamda raqobatga zid xatti-harakatlarni keltirib chiqarishi bilan bog‘liq jihatlari tahlil ostiga olinadi. Raqamli bozorning yangi avlod vakillari sanalmish sun’iy intellekt hamda uning mevasi hisoblanadigan ChatGPT, AI va shu kabi data yordamchilar an’anaviy bozorlarda uchraydigan raqobatga zid xatti-harakatlarni qanday amalga oshirishi, bundagi subyekt masalasi hamda raqamli platformalarning dastlabki shakllaridan qanday o‘ziga xos farqlari mavjudligi muallif tomonidan o`rganiladi va asosiy taklif-tavsiyalar xulosa sifatida ilgari suriladi.
Shuningdek, sun’iy intellekt tomonidan raqobatga zid harakatlarni kelib chiqishiga zamin yaratilishi natijasida qanday huquqiy oqibatlar yuzaga kelishi alohida o‘rganiladi, jumladan, platformalar tomonidan ustun mavqeni suiiste’mol qilish, raqobatga zid kelishuvlar, muvofiqlashtirilgan xatti-harakatlar, iqtisodiy konsentratsiya va insofsiz raqobat kabilar shular jumlasidandir. Bundagi eng yirik muammo sifatida huquqiy tartibga solish mexanizmining mutlaqo mavjud emasligi aytilib, bugungi kunga kelib mahalliy bozorlarimizda ham sun’iy intellekt tomonidan raqobatga zid harakatlarni keltirib chiqarish holatlari kutilayotganiga katta urg‘u beriladi. Raqobat huquqida bu borada hali yakdil qonun normalari ishlab chiqilmagan bo‘lib, buning natijasida huquq tizimi oldida bir qator muammolar bo‘y ko‘rsatayotgani haqida ham bahsli munozaralar yuritiladi.
Библиографические ссылки
Christophe Samuel Hutchinson, “Potential Abuses of Dominance by Big Tech through Their Use of Big Data and AI” (2022) 10(3) Journal of Antitrust Enforcement 443
Boudreau K. J., Jeppesen L. B., Miric M. Competing on freemium: Digital competition with network effects //Strategic Management Journal. – 2022. – Т. 43. – №. 7. – С. 1374-1401.
Van Cleynenbreugel, “AI Algorithms, Price Discrimination and Collusion: A Technological, Economic and Legal Perspective” (2020) 50 European Journal of Law and Economics 405.
Caroline A Crenshaw, “Statement on DeFi: Risks, Regulations, and Opportunities” (SEC, 9 November 2021) accessed 3 February 2025.
Julius Tan Gonzales, “Implications of AI Innovation on Economic Growth: A Panel Data Study” (2023) 12 Journal of Economic Structures volume 13.
Ilias Ioannou and Guven Demirel, “Blockchain and Supply Chain Finance: A Critical Literature Review at the Intersection of Operations, Finance and Law” (2022) 6 Journal of Banking and Financial Technology, 83, 87.
Vargiu M. Revitalisation of the Essential Facilities Doctrine in EU competition law. The complementarity with the new Digital Markets Act //JL, Mkt. & Innovation. – 2023. – С. 104.
Andreas von Bonin and Sharon Malhi, “The Use of Artificial Intelligence in the Future of Competition Law Enforcement” (2020) 11 (8) Journal of European Competition Law & Practice 468, 468.
Stefan Scheuerer, “Artificial Intelligence and Unfair Competition – Unveiling an Underestimated Building Block of the AI Regulation Landscape” (2021) 70(9) GRUR International 834, 834-836.
Emilio Calvano, Giacomo Calzolari, Vincenzo Denicolò and Sergio Pastorello, “Artificial Intelligence, Algorithmic Pricing, and Collusion” (2020) 110(10) The American Economic Review 3267; and Axel Gautier, Atia Ittoo and Pieter.