Abstrakt
Maqolada Yuklarni xalqaro avtomobil yo‘llari orqali tashish shartnomasi to‘g‘risidagi Konvensiya (YuYTK) doirasida yuklarni belgilangan muddatda yetkazib berish majburiyatining bajarilishi hamda bu boradagi tashuvchining javobgarligi keng yoritiladi. Mazkur maqola yukni o‘z vaqtida va belgilangan tartibda yetkazish bo‘yicha tashuvchining yuridik majburiyati, uning huquqiy mohiyati hamda yetkazib berishdagi kechikish oqibatlari chuqur tahlil qilinadi. Xususan, kechikish uchun kompensatsiya masalalari va tashuvchini javobgarlikdan ozod etish shartlariga yuridik sharh beriladi. Shuningdek, tashuvchining shartnomaviy va shartnomadan tashqari javobgarligi, da’vo tartibi va protsessual jihatlar ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida hamda amaliyotida yukni yetkazib berish muddati qachondan boshlanishi va qachon tugashi, kechikish haqida xabardor qilish tartibi kabi masalalarda YuYTK qoidalarini talqin qilish va qo‘llash muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlanadi. Muallif xalqaro yuk tashish tizimining izchil oʻrganib chiqilishi va samaradorligini ta’minlashda xalqaro normalarni milliy qonunchilik bilan uyg‘unlashtirish zarurligiga e’tibor qaratadi.
Библиографические ссылки
Yuklarning xalqaro avtomobil tashish shartnomasi to‘g‘risidagi konvensiya (Jeneva, 1956-yil 19-may). O‘zbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995 yil 31 avgustdagi № 132-I “1956 yilgi Yuklarning xalqaro avtomobil tashish shartnomasi to‘g‘risidagi Konvensiyaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qo‘shilgan. O‘zbekiston Respublikasi uchun 1995-yil 27-dekabrda kuchga kirgan // https://lex.uz/ru/docs/-2661891.
Иванова Т.А. Ответственность по договору международной автомобильной перевозки грузов // Вестник Волжского Университета им. В.Н. Татищева. Серия «Юриспруденция». Выпуск тридцать пятый. —Тольятти: ВУ и Т, 2003. С. 115-120.
Бакеева А. С., Лошкарев А. В. Договор перевозки грузов // Международный журнал гуманитарных и естественных наук. 2020. №5-2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/dogovor-perevozki-gruzov (дата обращения: 12.03.2025).
Зубакина М В., Чердакова Л А. Значение книжки МДП для правового регулирования международной автомобильной перевозки грузов // Международный журнал гуманитарных и естественных наук. 2024. №9-2 (96). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/znachenie-knizhki-mdp-dlya-pravovogo-regulirovaniya-mezhdunarodnoy-avtomobilnoy-perevozki-gruzov (дата обращения: 02.03.2025).
Кузнецов Александр Львович, Кириченко Александр Викторович, Щербакова-Cлюсаренко Виктория Николаевна. Направления цифровизации транспортной отрасли // Вестник государственного университета морского и речного флота им. адмирала С. О. Макарова. 2018. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/napravleniya-tsifrovizatsii-transportnoy-otrasli (дата обращения: 02.03.2025).
Rashidov K.K. Xalqaro ko‘lamda yo‘lovchi va yuk tashishning huquqiy asoslari: Darslik. – Toshkent: “Adabiyot jamg‘armasi” nashriyoti, 2001.
Clarke M. International Carriage of Goods by Road: CMR. – London: Informa Law, 2014. – P. 15.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. 2023-yil 16-noyabr, № 03/23/878/0852. URL: https://lex.uz/docs/111189.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.08.2014 yildagi 213-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalari // https://lex.uz/docs/-2441650
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 2023-yil 1-may. // https://lex.uz/docs/-6445145
Messent, A., & Glass, D. (2017). CMR: Contracts for the International Carriage of Goods by Road (4th ed.). Informa Law from Routledge. https://doi.org/10.4324/9781315689623