Abstrakt
Mazkur maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining parlament faoliyatiga integratsiyalashuvi, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi misolida tahlil qilinadi. Muallif sun’iy intellektning zamonaviy texnologik taraqqiyotdagi o‘rni va uning parlament tizimiga ko‘rsatayotgan ta’siri tarixdagi g‘ildirak, bosmaxona, elektr, telefon va internet kabi transformatsion innovatsiyalar bilan qiyoslanadigan darajada chuqur ekanligini ta’kidlaydi. Tadqiqotda SI texnologiyalari yordamida qonun loyihalarini ishlab chiqish, normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish, taklif etilayotgan va qabul qilinayotgan qonun va qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, parlament nutqlarini avtomatik transkripsiya qilish, hujjatlarni real vaqt rejimida tarjima qilish va avtomatlashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, O‘zbekiston sharoitida ushbu texnologiyalar qonunchilik faoliyatining ochiqligi, shaffofligi, samaradorligi va jamoatchilik ishonchini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida e’tirof etiladi. Shuningdek, maqolada SIni joriy etishda yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan muammolar – inson omilining zarurligi, texnologiyalarning aniqligi, shaffoflik va demokratik tamoyillarga rioya etish kabi jihatlar ham chuqur tahlil qilinadi. Xulosa sifatida, sun’iy intellektdan oqilona va mas’uliyatli foydalanish orqali Qonunchilik palatasi faoliyatini modernizatsiya qilish va qonunchilik jarayonini jamiyat ehtiyojlariga yanada moslashtirish imkoniyatlari asoslab beriladi.
Библиографические ссылки
How parliaments can harness the benefits of AI democratically. 20 August 2024. https://www.wfd.org/
commentary/how-parliaments-can-harness-benefits-ai-democratically
A democratic approach to global AI safety. 27 October 2023. https://www.wfd.org/what-we-do/
resources/democratic-approach-global-ai-safety
IPU, World E-Parliament Report 2022, www.ipu.org/file/15804/download ,p. 23.
See Y.M. Citino, L’intelligenza artificiale applicata ai processi decisionali parlamentari: una griglia di
funzioni e una stima dei rischi per la neutralità delle tecnologie, in Rassegna Parlamentare, 3/2022, 629-674
and the comprehensive study edited by F. Fitsilis – G. Mikros, Smart-Parliaments. Data-Driven Democracy,
Cheshire, European Liberal Forum, 2022.
Bot-Legislator and AI-powered legislative processes. By Ylenia Maria Citino on June 26, 2023.
Parliaments must get to grips with AI. By Dr. Fotis Fitsilis, Hellenic Parliament. 16 July 2024. https://
www.wfd.org/commentary/parliaments-must-get-grips-ai
Artificial intelligence: draft IPU resolution and “Use cases” for AI in parliaments published. 29 July 2024.
in-parliaments-published
“International collaboration and examples”. https://www.popvox.org/representative-bodies-in-the-aiera/
international
“Expert perspectives on AI in parliament,” Inter-Parliamentary Union Innovation Tracker (October 21,
.
Artificial Intelligence in the Argentine Chamber of Deputies: A Technological Revolution in Legislative
Practice. About the Argentine Chamber of Deputies. Written on January, 2024.
“A view from Estonia: AI for advanced beginners,” IPU Innovation Tracker Issue 16 (October 21, 2023).
“Estonian parliament uses speech recognition technology to create verbatim records,” e-Estonia
(September 2020).
“Taiwan Parliament Makes History with First AI Voice Clone Interpellation”. ElevenLabs, 3 September
, https://elevenlabs.io/blog/taiwan-parliament.
Қазақстанда заңдарды жасанды интеллект әзірлейтін болады: миф немесе шындық. https://kaz.
inform.kz/news/kazakstanda-zandardi-zhasandi-intellekt-azrleytn-boladi-mif-nemese-shindik-e090d6/
“Ukrainian Parliament to Integrate Artificial Intelligence in Legislative Process” December 2, 2024.
process-4170
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parlamentlararo Ittifoqning 150-Assambleyasidagi nutqi. 07.04.2025. https://president.uz/oz/lists/view/8034