Abstrakt
Ushbu maqolada advokatning kasbiy faoliyatida ba’zi psixologik qiyinchiliklarni konstruktiv hal qilishningahamiyati va usullari tahlil qilingan. Advokatlarning kasbiy faoliyatidagi o‘ziga xosliklarni hisobga olgan holda advokat shaxsining kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan psixologik qiyinchiliklar va mutaxassisning ish sifatiga va shaxsiy hayotiga
sezilarli ta’sir ko‘rsatishiga olib kelishining sabalari va еchim usullari tavsiya etilgan. Advokatlik sohasidagi yuqori mas’uliyat va emotsional bosimlar ruhiy va jismoniy zo‘riqishni shakllantirib, stressga sabab bo‘ladi, shu sababli advokat psixologik kompetensiya ko‘nikmasini rivojlantirishi muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada psixologik bilimlarni oshirish, turli hil samarali neyro texnika, relaksatsiya va nafas olish mashqlari, ish vaqti va vazifalarni samarali boshqarish, jismoniy faollikni oshirish, qo‘llab-quvvatlash tizimini mustahkamlash hamda ish va shaxsiy
hayot muvozanatini saqlash kabi umumiy tushunchada psixologik kompetensiya ko‘nikmasini rivojlantirish, stressga chidamlilikni rivojlantirish usullari tavsiya etilgan. Ushbu kompleks yondashuv advokatlarning kasbiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish va samaradorligini oshirish, ruhiy salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Библиографические ссылки
Комлев В.А. Психология профессиональной деятельности юриста: учебное пособие для
обучающихся по программе бакалавриата по направлению подготовки 40.03.01 Юриспруденция.
– Киров : ООО «Издательство «Радуга-ПРЕСС», 2025. – 91 c. URL: http://raduga-press.com/gallery/
psychology_of_professional_activity_lawyer.pdf
Скабелина Л. А. Психологические аспекты деятельности адвоката. – М.: МГЮА им. О. Е. Кутафина,
– 210 с.
Штырц Н.А. Эмоциональное здоровье человека в условиях неопределённости. Техники
самопомощи : методические рекомендации / Н. А. Штырц, Е. П. Шаньгина. – Екатеринбург, 2017. – 56 с.