Abstrakt
O‘zbekiston Respublikasida “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida sud-huquq tizimini modernizatsiya qilish, odil sudlovga erishish darajasini oshirish va sud faoliyatining shaffofligini ta’minlash asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri etib belgilangan. Sud tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish masalasi nafaqat texnik, balki huquqiy, tashkiliy va ijtimoiy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon adolatli sudlovni ta’minlash, inson huquqlari kafolatlarini mustahkamlash hamda sud ish yurituvini shaffof va tezkor qilishning asosiy vositalari bo‘lib hisoblanadi. Ushbu maqolada sudlar faoliyatiga raqamli texnologiyalarni, shu jumladan, sun’iy intellekt (SI) vositalarini joriy etishning nazariy-huquqiy asoslari, amaliy holati, sudga elektron murojaat qilish, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish va sud hujjatlari loyihalarini avtomatik shakllantirish kabi innovatsion mexanizmlar va xorijiy tajribalar tahlil qilinadi. Shuningdek, bu yo‘nalishda huquqshunos olimlarning fikr-mulohazalariga tahliliy yondashuv bilan munosabat bildiriladi. Nazariy qarashlar sud amaliyotidan keltirilgan misollar bilan boyitiladi. Maqolaning asosiy maqsadi – sud tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etishning huquqiy asoslari, amaliyotdagi mavjud muammolar va ularning yechimlarini tahlil qilish, odil sudlov samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan tavsiyalarni shakllantirishdan iborat. Mazkur maqola sud-huquq tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etishning nazariy asoslari va amaliy ko‘rinishlarini qamrab olgan bo‘lib, O‘zbekistonda odil sudlov sifatini oshirish, sud jarayonlarida shaffoflik va tezkorlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi ilmiy-amaliy tavsiyalarni taklif etadi. Natijada, raqamli transformatsiya jarayonining huquqiy, tashkiliy va ijtimoiy jihatlari kompleks yondashuv asosida yoritilgan bo‘lib, sudlar faoliyatining yanada samarali va ochiq bo‘lishiga ilmiy hissa qo‘shadi.
Библиографические ссылки
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi https://lex.uz/docs/6445145
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-sentabrdagi PQ–4818-son qarori “Sud hokimiyati organlari
faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” https://lex.uz/docs/4979896
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi «Sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» https://lex.uz/uz/docs/7696567
Komolov D. P. Digitalization of the Court System of the Republic of Uzbekistan. Toshkent: TDYuU, 2024. B. 12–14
Pulatova N. S. Theoretical and legal analysis of e-justice in the Republic of Uzbekistan. Toshkent: TDYuU nashri,2023.
Beknazarov F. B. Odil sudlovning raqamlashuvi: qonunchilik va amaliyot. — “Adolat” jurnali, № 3, 2021. B. 45.
O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni https://lex.uz/docs/83472.
O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuni https://lex.uz/docs/2833860.
Abdullaev Q. R. E-justice tizimini joriy etishda xalqaro tajriba va O‘zbekiston amaliyoti. — Journal of Comparative Law, № 2, 2024. — B. 33–34.
Qo‘chqorov J. “Sud tizimida elektron hujjat aylanishini tashkil etish masalalari”. Toshkent: “Adolat”, 2019.
Jo‘raev D. “Elektron sudlov tizimi: nazariy va amaliy masalalar”. Toshkent: TDYuU nashriyoti, 2020.
Xojiev A. “Sudlarda videokonferensiya tizimini joriy etish samaradorligi”. Toshkent: NMIU, 2021.
Ro‘zmetov Sh. “Sudlar faoliyatida raqamlashtirishning huquqiy asoslari”. Toshkent: “Yurist”, 2022.
Hasanov I. “Sud qarorlarining onlayn e’lon qilinishi: ochiqlik va mas’uliyat”. Samarqand: “Huquq va jamiyat”, 2020.
Nazarov A. “Raqamli sud tizimida shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalari”. Toshkent: “Sud i pravo”, 2021
Abdurahmonov R. “Sud faoliyatida sun’iy intellektdan foydalanish istiqbollari”. Toshkent: “Yuridik fanlar axborotnomasi”, 2023.
Petuxov V. “Sifrovizatsiya sudebnыx protsedur: opыt SNG stran”. Moskva: Yurayt, 2020.