Abstrakt
Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlatlararo hamkorlik masalasi zamonaviy global migratsiya jarayonlarining murakkablashuvi va transmilliy xarakter kasb etib borayotgan sharoitda juda ahamiyatlidir. Noqonuniy migratsiya nafaqat chegaraviy xavfsizlikka, balki iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy infratuzilma, demografik o‘zgarishlar va inson huquqlari himoyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi bois, unga qarshi kurashda alohida davlatning mustaqil sa’y-harakatlari yetarli emasligi ilmiy jihatdan asoslanadi. Mazkur maqolada davlatlarning noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash sohasidagi hamkorligining xalqarohuquqiy asoslari tahlil qilinadi. Xususan, BMT, Yevropa Ittifoqi, MDH, SHHT kabi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek ikki tomonlama kelishuvlar samaradorligi ilmiy asosda o‘rganiladi. Maqolada global migratsiya jarayonlarining murakkablashuvi, transmilliy jinoyatchilikning kuchayishi va odam savdosi xavfining ortishi sharoitida davlatlar o‘rtasidagi tizimli hamkorlik zarurligi tahlil etilgan. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlatlararo hamkorlikning nazariy asoslarini, amaliy mexanizmlarini va mintaqaviy tajribalarini tahlil qilishdan iboratdir. Mazkur maqsadni amalga oshirish jarayonida bir qator ilmiy vazifalar ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular jumlasiga Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyalari hamda mintaqaviy kelishuvlarni tahlil qilish, davlatlarning xususan O‘zbekiston Respublikasining bu boradagi xalqarohuquqiy hamkorligi hamda ikki tomonlama shartnomalarini tahlil qilishni maqsad qilgan. Tadqiqotning obyekti davlatlarning noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro hamkorligining tahlilidan iborat bo‘lsa, predmeti xalqaro huquqiy normalar, davlatlar o‘rtasidagi kelishuvlardir. Tadqiqotning ilmiy yangiligi xalqaro huquqda mavjud normalar va milliy qonunchilik asosida noqonuniy migratsiya tushunchasiga mualliflik tarifi ishlab chiqilganligi hamda davlatlararo hamkorlikning huquqiy asoslarini takomillashtirishga oid takliflar ilgari surilganligi bilan izohlanadi. Mazkur tadqiqotda tahliliy va qiyosiy metodlardan, geosiyosiy yondashuvdan, barqaror rivojlanish nazariyasidan, xalqaro huquqiy tahlildan hamda empirik tajribaga asoslangan qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi.
Библиографические ссылки
Qonunga xilof migratsiyaga qarshi kurashish:huquqiy tartibga solish va javobgarlik muammolari: Monografiya./A.A.Otajonov. – T.:Impress media, -2025. 160-b.
Шкилев А.Н.Миграция уголовна –правовые и криминологические аспект. Автореферат дисс.... канд..юридик наук . – Нижний Новгород. 2006. – С12.
Кахбулаева Э. Х. Уголовна – правовые и криминологические аспект щрганизации незаконной миграции. Автореферат дисс.... канд..юридик наук .- Ростов на Дону. 2011. - С 14.
Баранник М.И. Криминологические и правовые проблемы борьбы с незаконной миграцией. Владивостокский центр по изучению организованной преступности. – Владивосток, 2002. – С-3.
Сумароков В.Н. Нелегальная миграция как угроза национальной безопасности российской федерации: понятие. содержание, причины возникновения, направления противодействия //Transport Business in Russia., №1 2014. – С.-90.
Дудин Г.Э.Калилина С.В. Операция // «Нелегальный мигрант» // Миграционное право. -2013.№ 2-С-24-29.
Федерако А.Миграция населения: понятие, причины, послдествия. // Журнал международного права и международных отношений. -2012. №4. С.6.
Egamberdiyev B.I.: Ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlariga doir faoliyatini takomillashtirish. Avto. diss. … yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy). Toshkent, 2021.Xalqaro migratsiya huquqi [Matn]: O‘quv qo’llanma/Jurabek Rasulov.-T:TDYU nashriyoti, 2025. -53- bet.
O‘zbekiston Respublikasining BMTning Narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurash tashkiloti (UNODC) bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlari. https://qalampir.uz/uz/news-34055
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 21.12.2023 yildagi “Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-210-son Farmoni.
Mehnat migratsiyasi sohasidagi vazifalar va rejalar taqdimot qilindi. 18.11.2025.//https://president.uz/oz/lists/view/8687.