Abstrakt

Maqolada elektron shartnomalarda rozilikni bildirish va uni isbotlash bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar tahlil qilindi. Ma’lumki, raqamli muhitda shartnoma tuzish jarayonida rozilik ko‘pincha texnik harakatlar orqali ifodalanadi va bu holat foydalanuvchining haqiqiy erk-irodasi izhorini aniqlashda muayyan muammolarni yuzaga keltiradi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida shartnoma tuzishning umumiy qoidalari mavjud bo‘lsa-da, elektron shartnomalarda rozilikning ongli va xabardorlik asosida berilganini isbotlashga doir aniq normalar yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi o‘rganildi. Ko‘rib chiqilgan Yevropa Ittifoqi va Germaniya huquqiy tajribasi shuni ko‘rsatdiki, elektron shartnomalarda rozilik iste’molchiga oldindan to‘liq va tushunarli axborot berilishi bilan uzviy bog‘liq holda baholanadi. Aniqlanishicha, Yevropa Ittifoqi sud amaliyotida sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi subyekt rozilikning haqiqiyligini va qonuniyligini isbotlash majburiyatini zimmasiga oladi. Ya’ni ushbu yondashuv elektron shartnomalarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish darajasini sezilarli oshirishining ta’siri baholanadi. Xorijiy huquqiy tizimlarda rozilik faqat formal aksept sifatida emas, balki huquqiy oqibatlarni anglashga asoslangan iroda ifodasi sifatida talqin etilish qonuniyatlari tavsiflanadi. Tadqiqot natijasida O‘zbekiston qonunchiligida elektron shartnomalarda rozilikni isbotlashga oid normativ bo‘shliqlar mavjudligi aniqlandi hamda xorijiy tajribani implementatsiya qilish zarurati asoslab berildi.

Pdf

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi https://lex.uz/docs/-111189 .

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga sharh, 1-jild (birinchi qism) Adliya vazirligi. – T.: “Vektor-Press”, 2010.- 816 b.-(Professional malakali sharhlar).

Topildiyev V. “Fuqarolik huquqi”. I qism. “Universitet”. – T.:2014.-288 b.

RE Barnett, Consenting to Form Contracts (Georgetown Law Scholarship 2002) https://scholarship.law.georgetown.edu/context/facpub/article/1037/ .

Consent in Online Contracts (SSRN, PDF) https://papers.ssrn.com/sol3/Delivery.cfm/SSRN_ID2783793_code1175289.pdf?abstractid=2783793 .

Friedrich Kessler, Contracts of Adhesion — Some Thoughts about Freedom of Contract, Columbia Law Review, Vol. 43, No. 5, 1943, p. 632–633 https://chicagounbound.uchicago.edu/journal_articles/7738/? .

Germaniya Fuqarolik tuziklari (Bürgerliches Gesetzbuch, BGB) https://www.gesetze-im-internet.de/englisch_bgb/englisch_bgb.html#p0324 .

Yevropa Parlamenti va Kengashining 2011-yil 25-oktabrdagi 2011/83/EU Direktivasi https://eur-lex.europa.eu/eli/dir/2011/83/oj/eng .

Yevropa Parlamenti va Kengashining 2014-yil 23-iyuldagi 2014/910/EU Reglamenti https://eur-lex.europa.eu/eli/reg/2014/910/oj/eng .

Yevropa Ittifoqi Sudining rasmiy portalidagi sud qarori https://infocuria.curia.europa.eu/tabs/document?source=document&docid=218462&doclang=EN .