Pdf
DOI

Kalit so‘zlar

moliyaviy razvedka, moliyaviy monitoring, ma’muriy-huquqiy rejim, shubhali operatsiya to‘g‘risidagi xabar, boyitilgan moliyaviy razvedka ma’lumoti, moliyaviy razvedka tahliliy mahsuloti, maxsus vakolatli davlat organi, dalillar maqbulligi, axborot xavfsizligi, nazorat.

Как цитировать

MIRZAYEV , F. (2026). JINOIY DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH TIZIMIDA MOLIYAVIY RAZVEDKA MA’LUMOTINING MA’MURIY-HUQUQIY REJIMI. YURIST AXBOROTNOMASI, 1(4), 35–43. Retrieved from https://yuristjournal.uz/index.php/lawyer-herald/article/view/1257

Abstrakt

Ilmiy maqolada jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish (JDL/TMQK) tizimida moliyaviy razvedka ma’lumotining kompleks ma’muriy-huquqiy rejimi va uning o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Ushbu ma’lumotlar rejimi bank siri, soliq siri, shaxsga doir ma’lumotlarni muhofaza qilish, axborot xavfsizligi, tezkor-qidiruv faoliyati hamda jinoyat-protsessual isbotlash normalari bilan uzviy bog‘lanishi, biroq uning ustuvor tashkiliy-preventiv asosi ma’muriy-huquqiy tabiatga ega ekani qonuniy va nazariy jihatdan asoslanadi. Maqolada shubhali operatsiya to‘g‘risidagi dastlabki xabar, davlat manbalari bilan boyitilgan moliyaviy razvedka ma’lumoti hamda yakuniy moliyaviy razvedka tahliliy mahsulotining har biri alohida huquqiy maqom va ahamiyatga ega ekani ko‘rsatib beriladi. Muallif moliyaviy razvedkaning tahliliy mahsuloti o‘z-o‘zidan jinoyat-protsessual dalil bo‘la olmasligi, u faqat vakolatli davlat organi tomonidan qonunda belgilangan tegishli protsessual shakllarda mustaqil baholanganidan va rasmiylashtirilganidan keyingina to‘liq daliliy ahamiyat kasb etishi mumkinligi haqidagi ilmiy xulosani ilgari suradi. Maqolada moliyaviy razvedka ma’lumotlarini saqlash, tuzatish, yo‘q qilish, maqsaddan tashqari foydalanishni cheklash hamda nazorat mezonlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Pdf
DOI

Библиографические ссылки

Financial Action Task Force. The FATF Recommendations. URL: https://www.fatf-gafi.org/en/publications/Fatfrecommendations/Fatf-recommendations.html

O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustdagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 660-II-son Qonuni. URL: https://lex.uz/uz/docs/-283717

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyundagi PF-6252-son “O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni. URL: https://lex.uz/docs/-5482727

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-547-son Qonuni. URL: https://lex.uz/docs/-4396419

O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi “Bank siri to‘g‘risida”gi 530-II-son Qonuni. URL: https://lex.uz/docs/41760

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. URL: https://lex.uz/docs/-4674902

O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-apreldagi “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-764-son Qonuni. URL: https://lex.uz/uz/docs/-5960604

Egmont Group of Financial Intelligence Units. Principles for Information Exchange Between Financial Intelligence Units for Money Laundering and Terrorism Financing Cases. April 2023. URL: https://egmontgroup.org/wp-content/uploads/2022/07/2.-Principles-Information-Exchange-With-Glossary_April2023.pdf

Directive (EU) 2024/1640 of the European Parliament and of the Council of 31 May 2024 on the mechanisms to be put in place by the Member States for the prevention of the use of the financial system for the purposes of money laundering or terrorist financing. URL: https://eur-lex.europa.eu/eli/dir/2024/1640/oj/eng

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 24-son “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori. URL: https://lex.uz/docs/3895986

Egmont Group of Financial Intelligence Units. Operational Guidance for FIU Activities and the Exchange of Information. URL: https://egmontgroup.org/wp-content/uploads/2021/09/Egmont_Group_of_Financial_Intelligence_Units_Operational_Guidance_for_FIU_Activities_and_the_Exchange_of_Information.pdf

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-sentabrdagi PQ-3947-son “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha idoralararo komissiyani tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori. URL: https://lex.uz/docs/-3912609

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rasmiy veb-sayti. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti haqida ma’lumot. URL: https://www.prokuratura.uz/.

Financial Action Task Force. Consolidated FATF Standards on Information Sharing. URL: https://www.fatf-gafi.org/en/publications/Fatfrecommendations/Consolidated-fatf-standards-information-sharing.html

Regulation (EU) 2024/1620 of the European Parliament and of the Council of 31 May 2024 establishing the Authority for Anti-Money Laundering and Countering the Financing of Terrorism. URL: https://eur-lex.europa.eu/eli/reg/2024/1620/oj/eng

Regulation (EU) 2024/1624 of the European Parliament and of the Council of 31 May 2024 on the prevention of the use of the financial system for the purposes of money laundering or terrorist financing. URL: https://eur-lex.europa.eu/eli/reg/2024/1624/oj/eng

Financial Action Task Force. Methodology for Assessing Technical Compliance with the FATF Recommendations and the Effectiveness of AML/CFT/CPF Systems. Updated December 2025. URL: https://www.fatf-gafi.org/en/publications/Mutualevaluations/Fatf-methodology.html

Financial Action Task Force. Guidance on Risk-Based Supervision. Paris, 2021. URL: https://www.fatf-gafi.org/en/publications/Fatfrecommendations/Guidance-rba-supervision.html

Financial Action Task Force. Money Laundering National Risk Assessment Guidance. Paris, 2024. URL: https://www.fatf-gafi.org/en/publications/Methodsandtrends/Money-laundering-national-risk-assessment-guidance.html

Levi M., Reuter P. Money Laundering // Crime and Justice. 2006. Vol. 34. P. 289-375. URL: https://www.ojp.gov/ncjrs/virtual-library/abstracts/money-laundering-crime-and-justice-review-researchvolume-34-p-289

Unger B., van Waarden F. How to Dodge Drowning in Data? Rule- and Risk-Based Anti-Money Laundering Policies Compared. Utrecht University, 2013. URL: https://research-portal.uu.nl/en/publications/how-to-dodge-drowning-in-data-rule-and-risk-based-anti-money-laun

Takats E. A Theory of “Crying Wolf”: The Economics of Money Laundering Enforcement. IMF Working Paper WP/07/81. 2007. URL: https://www.imf.org/en/publications/wp/issues/2016/12/31/a-theory-of-crying-wolf-the-economics-of-money-laundering-enforcement-20623