Abstrakt
Ushbu maqolada kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishning xalqaro-huquqiy asoslari va xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasi kompleks tahlil qilinadi. Muallif dastlab yuridik adabiyotlarda “kiberjinoyat” tushunchasiga nisbatan mavjud turlicha ilmiy yondashuvlarni tanqidiy koʻrib chiqadi (D.N. Karpova, I.G. Chekunov, N.Shevko) va ularni umumlashtirgan holda oʻz taʼrifini taklif etadi. Maqolada Yevropa Kengashining 1989-yildagi Tavsiyalaridan tortib, 2001-yilgi Budapesht konvensiyasi, uning qoʻshimcha protokollari, hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2024-yilda qabul qilingan Kiberjinoyatchilikka qarshi Konvensiyasigacha boʻlgan asosiy xalqaro-huquqiy hujjatlar xronologik tartibda tahlil qilinadi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Belarus, Kipr, Tojikiston, Quvayt, Turkmaniston va Turkiya bilan tuzgan ikki tomonlama shartnomalari ham tadqiqot doirasiga kiritilgan. Maqolaning markaziy qismida Shvetsiya, Yaponiya, Germaniya, Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya va Estoniyaning kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi institutsional va normativ-huquqiy tajribasi soʻnggi statistik maʼlumotlar asosida qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, xorijiy davlatlarning rasmiy statistik manbalariga murojaat etish orqali kiberjinoyatchilikning rivojlanish tendensiyasi va ularga qarshi kurashish natijalari ilmiy tahlil etilgan. Maqola natijasida muallif kiberjinoyatlar boʻyicha yagona milliy xabar berish tizimini joriy etish, davlat organlari, banklar va aloqa operatorlari oʻrtasida majburiy va tezkor axborot almashinuvini taʼminlash, kiberjinoyat sodir etilgan har bir hodisaga tezkor javob taqdim etish salohiyatini kuchaytirish, aholiga yoʻnaltirilgan profilaktik xabardor etish choralarini tizimli yoʻlga qoʻyish kabi amaliy tavsiyalarni ishlab chiqadi va ularni asoslaydi.
Библиографические ссылки
Карпова Д. Н. Киберпреступность: глобальная проблема и ее решение // Власть. 2014. № 8. С. 46–50.
Чекунов И. Г. Понятие и отличительные особенности киберпреступности // Российский следователь. 2014. № 18. С. 53.
Шевко Н. Р. Особенности раскрытия и расследования киберпреступлений: проблемы и пути их решения // Ученые записки Казанского юрид. ин-та МВД России. 2016. Т. 1, № 1 (1). С. 13–16.
Computer-related crime, Recommendation № R (89) 9 on computer-related crime and finel report of the European Committee on crime problems, Strasbourg, 1990 // https://www.oas.org. (Murojaat etilgan sana: 14.07.2026).
World Summit on the Information Society, First Phase: 10-12 December 2003 // https://www.itu.int/net/wsis/geneva/index.html.
Convention on Cybercrime, Budapest, 23.XI.2001 //rm.coe.int/1680081561
United Nations Convention against Cybercrime// https://www.unodc.org/unodc/en/cybercrime/convention.
Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Belarus Respublikasi hukumati oʻrtasidagi 2008-yil 24-dekabrdagi “Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida”gi bitim // Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2008-y., 3-4-son (https://lex.uz/docs/-1469438).
Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Kipr Respublikasi hukumati oʻrtasidagi “Jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish toʻgʻrisida”gi Bitim // Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2015-y., 1-son. (https://lex.uz/docs/-2685713?otherlang=1).
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi oʻrtasida “Xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida”gi bitim // https://lex.uz/docs/-3801311.
Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Quvayt davlati hukumati oʻrtasidagi “Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida”gi Bitim // Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2007-y., 2-3-son. https://lex.uz/docs/-1333995.
Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasidagi “Jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish toʻgʻrisida”gi Bitim // lex.uz/docs/-2067308.
Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida “Jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish toʻgʻrisida”gi Bitim // https://lex.uz/uz/docs/-5847512.
Statistics from the judicial system of Sweden //https://bra.se/download/18.1e21615019329787e39813b2024 (Murojaat etilgan sana: 09.07.2026).
The Swedish Police Authority // https://polisen.se/en/the-swedish-police/the-swedish-police-authority (Murojaat etilgan sana: 09.07.2026).
Threat assessment for Swedenʼs banks. Published May 2025 // https://www.financesweden.se/media.
Act on Prohibition of Unauthorized Computer Access (Act No. 128 of 1999) // https://www.japaneselawtranslation.go.jp.
Threats in Cyberspace in 2023 // https://www.npa.go.jp/english/bureau/cyber/document.
2024 National Situation Report on Cyber Crime: Numerous succesful investigations, but the threat level remains high // https://www.bmi.bund.de/SharedDocs/pressemitteilungen/EN/2025/06/pm-lb-cybercrime.
Geographische Grenzen für Cyberkriminelle unerheblich // https://www.bmi.bund.de.
Statistics from The Federal Office for Information Security ( BSI ) of the Germany (Bundesamt für Sicherheit in der Informationstechnik) // https://www.bsi.bund.de/DE/Themen/Regulierte-Wirtschaft/Kritische (Murojaat etilgan sana: 09.07.2026).
Statistics from The Supreme Peopleʼs Procuratorate (SPP) of the Peopleʼs Republic of China // https://en.spp.gov.cn/2025-03/08/c_1076764 (Murojaat etilgan sana: 10.07.2026).
Federal Bureau of Investigation Internet crime report // https://www.ic3.gov/AnnualReport/Reports/2024. (Murojaat etilgan sana: 10.02.2026).
Cyber security breaches survey 2025/2026: technical report // https://www.gov.uk/government/statistics (Murojaat etilgan sana: 10.07.2026).
Cyber security in Estonia 2025 // https://ria.ee/sites/default/files/documents. (Murojaat etilgan sana: 10.07.2026).