pdf
DOI

Kalit so‘zlar

Kalit so‘zlar: raqamli dalil, jinoyat protsessi, dalillarni to‘plash, dalillarni baholash, saqlash zanjiri, mutaxassis ishtiroki, dalilning maqbulligi, xalqaro hamkorlik, kriminalistika.

Как цитировать

NOSIROV, A. (2026). JINOYAT PROTSESSIDA RAQAMLI DALILLARNI TO‘PLASH VA BAHOLASHNING DOLZARB MUAMMOLARI. YURIST AXBOROTNOMASI, 1(5), 131–138. Retrieved from https://yuristjournal.uz/index.php/lawyer-herald/article/view/1292

Abstrakt

Ushbu maqolada jinoyat protsessida raqamli dalillarni to‘plash va baholash bilan bog‘liq nazariy va amaliy muammolar tahlil qilingan. Maqolada raqamli dalil tushunchasining huquqiy tabiati, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 2024-yilda kiritilgan yangi normalari asosida ko‘rib chiqilgan. Ma’lumki, raqamli dalillarni to‘plashda mutaxassis ishtiroki majburiy shart sifatida belgilangan, biroq uning malaka mezonlari va ko‘chirma nusxani asl nusxaga aynan bir xilligini tasdiqlovchi texnik mexanizm qonun darajasida yetarlicha ishlab chiqilmagan. Bugungi kunda “saqlash zanjiri” (chain of custody) instituti jinoyat-protsessual huquqida mustaqil protsessual shakl hamda alohida huquqiy institut sifatida hali to‘liq shakllanib ulgurmagan. Maqolada xalqaro tajriba Yevropa Kengashining Kiberjinoyatchilik to‘g‘risidagi Konvensiyasiga, Yevropa Ittifoqining 2023/1543-son Reglamenti va ISO/IEC 27037:2012 standarti qiyosiy tahlil qilingan. Transchegaraviy joylashgan elektron ma’lumotlarga kirish muammolari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda qiyosiy-huquqiy, formal-yuridik va tizimli tahlil metodlaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijasida raqamli dalilning yaxlitligini kriptografik xesh-summa orqali tasdiqlash, mustaqil saqlash zanjiri institutini joriy etish va transchegaraviy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surilgan. Maqolaning ilmiy yangiligi shundaki, unda raqamli dalillarning yaxlitligini tasdiqlash va saqlash zanjirini yuritish bo‘yicha huquqiy mezonlar taklif etilgan.

pdf
DOI

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining “Ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni, 21.11.2024 y., O‘RQ-1003-son. URL: https://lex.uz/docs/7228758

Council of Europe. Second Additional Protocol to the Convention on Cybercrime on enhanced co-operation and disclosure of electronic evidence, CETS No. 224, adopted 17.11.2021 [Kiberjinoyatchilik to‘g‘risidagi Konvensiyaga kuchaytirilgan hamkorlik va elektron dalillarni oshkor qilish haqidagi Ikkinchi qo‘shimcha protokol]. URL: https://www.coe.int/en/web/cybercrime/second-additional-protocol

Regulation (EU) 2023/1543 of the European Parliament and of the Council of 12 July 2023 on European Production Orders and European Preservation Orders for electronic evidence in criminal proceedings [Jinoyat ishlarida elektron dalillar uchun Yevropa taqdim etish va saqlash buyruqlari to‘g‘risidagi Reglament]. URL: https://eur-lex.europa.eu/EN/

legal-content/summary/electronic-evidence-in-criminal-proceedings.html

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 8 iyul kuni mahallada jinoyatchilikni jilovlash va qonun ustuvorligini ta’minlash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi. URL: https://president.uz/uz/lists/view/83085.

O‘zbekistonliklar 11 oyda kiberjinoyatlardan 1 trln 890 mlrd so‘m zarar ko‘rdi URL:https://kun.uz/news/2025/12/24/ozbekistonliklaroydakiberjinoyatlardan-1-trln-890-mlrd-som-zarar-kordi

Sud-kompyuter-texnikaviy ekspertizasi imkoniyatlari va undan amalda foydalanish masalalari (amaliy qo‘llanma) https://sudex.uz/wp-content/uploads/2026/03/06-Sud-kompyuter-texnikaviy ekspertizasi-imkoniyatlari.pdf

ISO/IEC 27037:2012. Information technology Security techniques Guidelines for identification, collection, acquisition and preservation of digital evidence [Axborot texnologiyasi Xavfsizlik usullari Raqamli dalillarni aniqlash, to‘plash, qo‘lga kiritish va saqlash bo‘yicha ko‘rsatmalar]. URL: https://www.iso.org/standard/44381.html

Best Practices for Maintaining Chain of Custody for Digital Evidence [Raqamli dalillar uchun saqlash zanjirini yuritishning ilg‘or amaliyotlari] // Vidizmo, 2026. URL: https://vidizmo.ai/blog/chain-of-custody-for-digital-evidence

Raqamli dalillarning boshqa dalillardan farqi // Uzbek Scholar Journal, Volume 50, 2026. URL https://uzbekscholar.com/index.php/uzs/article/download/1182/1121/1243

Dalillar tushunchasi va ularning nazariy-huquqiy mohiyati // Zenodo, 2026. URL: https://zenodo.org/records/20561965

Council of Europe. Convention on Cybercrime (Budapest Convention, ETS No. 185): Parties, signatories and States invited to accede [Kiberjinoyatchilik to‘g‘risidagi Konvensiya (Budapesht konvensiyasi, ETS No. 185): taraflar, imzolagan va qo‘shilishga taklif etilgan davlatlar]. URL: https://www.coe.int/en/web/cybercrime/the-budapest-convention

Narasimhan P., Kala N. Ensuring the Integrity of Digital Evidence: The Role of the Chain of Custody in Digital Forensics [Raqamli dalil yaxlitligini ta’minlash: raqamli kriminalistikada saqlash zanjirining o‘rni] // International Journal of Scientific Research in Computer Science, Engineering and Information Technology. 2024. Vol. 10, No. 6. P. 2438–

URL: https://ijsrcseit.com/index.php/home/article/view/CSEIT2410612443

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 24-son qarori “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” (2025-yil 23-iyundagi 14-son qaror tahririda). URL: https://lex.uz/docs/-3895986

Chain of Custody: Safeguarding Digital Evidence Integrity [Saqlash zanjiri: raqamli dalil yaxlitligini himoya qilish] // Computer Forensics Lab, 2026.URL: https://computerforensicslab.co.uk/chain-of-custody-digital-evidence/

Raqamli dalillarning jinoyat protsessida maqbulligi va ishonchliligi // Yangi O‘zbekiston ilmiy tadqiqotlar jurnali, 3(5), 186–194, 2026. URL: https://zenodo.org/records/20286675

Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash institutining nazariy va amaliy jihatlari // Zenodo, 2025. URL: https://zenodo.org/records/17308563

Nomaqbul dalillarni aniqlash va baholashning nazariy-huquqiy asoslari // In Academy, 2025. URL: https://inacademy.uz/index.php/cajmrms/article/download/67057/42207/75820