pdf
DOI

Kalit so‘zlar

jinoyat-protsessual shakl, protsessual buzilish, mutlaq buzilish, jiddiy buzilish, ahamiyatsiz buzilish, dalillarning maqbulligi, dalillarni chetlatish, adolatli sudlov, protsessual huquqlar, kassatsiya asoslari, protsessual qonuniylik, sudgacha boʻlgan nazorat.

Как цитировать

KUKONBOYEV , X. (2026). JINOYAT-PROTSESSUAL SHAKL TUSHUNCHASI VA UNING BUZILISHLARINI UCH POGʻONALI TASNIFLASHNING NAZARIY ASOSLARI. YURIST AXBOROTNOMASI, 1(5), 123–130. Retrieved from https://yuristjournal.uz/index.php/lawyer-herald/article/view/1312

Abstrakt

Mazkur maqolada jinoyat-protsessual shakl tushunchasining nazariy-huquqiy mazmuni, uning jinoyat ishlarini yuritishda qonuniylik, adolatli sudlov va protsess ishtirokchilarining huquqlarini ta’minlashdagi ahamiyati tadqiq etilgan. Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida “jinoyatprotsessual shakl” tushunchasining normativ ta’rifi mavjud emasligi hamda uning buzilishlarining huquqiy oqibatlari bir xil tartibga solinmaganligi bilan bog‘liq muammolar tahlil qilingan. Xorijiy davlatlarning protsessual buzilishlarni baholash tajribasi qiyosiy-huquqiy jihatdan o‘rganilgan. Maqolada protsessual shakl buzilishlarini mutlaq, jiddiy va ahamiyatsiz turlarga ajratishdan iborat uch bosqichli tasnif taklif etilgan. Jiddiy buzilishlarni aniqlashda “natijaga ta’sir testi” ni qo‘llash zarurligi asoslangan. Shuningdek, sudya, prokuror, advokat, tergovchi va ilmiy xodimlar ishtirokida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari tahlil qilinib, taklif etilayotgan yondashuvning amaliy ahamiyati asoslangan. Maqolada Jinoyat-protsessual kodeksiga “jinoyat-protsessual shakl” tushunchasini belgilovchi yangi norma kiritish bo‘yicha normativhuquqiy taklif ishlab chiqilgan. Taklif etilayotgan yondashuv protsessual buzilishlarni baholashda huquqiy oqibatlarni differensiatsiyalash, sud-tergov amaliyotida qonun normalarini bir xil qo‘llash va adolatli sudlov kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan.

Bunda protsessual shaklga rioya etilishini baholashda buzilishning xususiyati, uning protsess
ishtirokchilari huquqlariga hamda qabul qilingan qarorning qonuniyligi va asosliligiga ta’sirini hisobga olish muhimligi ta’kidlangan. Protsessual talablarning har qanday buzilishiga bir xil huquqiy oqibat belgilash o‘rniga, ularning og‘irligi va oqibatlariga mos yondashuvni qo‘llash zarurati ko‘rsatib berilgan. Mazkur yondashuv protsessual shaklning huquqlarni himoya qilish vositasi sifatidagi ahamiyatini mustahkamlashgaxizm at qiladi.

pdf
DOI

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi maʼlumotnomasi (2020–2024-yillar statistikasi). – Toshkent, 2025.

Лобойко Л.Н. Уголовно-процессуальное право: Курс лекций [Criminal Procedure Law: A Course of Lectures]. – Харьков: Одиссей, 2007. – С. 34.

Грошевой Ю.М. Проблемы формирования судейского убеждения в уголовном судопроизводстве [Problems of Forming Judicial Conviction in Criminal Proceedings]. – Харьков: Вища школа, 1975. – С. 21–22.

Мельник С.М. Процессуальная форма в уголовном процессе: понятие и значение [Procedural Form in Criminal Proceedings: Concept and Meaning]. – М.: Юрлитинформ, 2015. – С. 47.

Божьев В.П. Уголовно-процессуальные правоотношения [Criminal Procedural Legal Relations]. – М.: Юридическая литература, 1975. – С. 112–115.

Strafprozessordnung (StPO) § 338. Absolute Revisionsgründe [Absolute grounds for cassation] // Bundesministerium der Justiz. URL: https://www.gesetze-im-internet.de/stpo/__338.html

Chapman v. California, 386 U.S. 18 (1967). Legal Information Institute (LII), Cornell Law School. URL: https://www.law.cornell.edu/supremecourt/text/386/18

Code de procédure pénale (France), Art. 802 (nullités). Légifrance. URL: https://www.legifrance.gouv.fr/codes/article_lc/LEGIARTI000006578402

Codice di procedura penale (Italia), Art. 191 (Prove illegittimamente acquisite / Inutilizzabilità). Brocardi.it. URL: https://www.brocardi.it/codice-di-procedura-penale/libro-terzo/titolo-i/art191.html

Когамов М.Ч. Комментарий к Уголовно-процессуальному кодексу Республики Казахстан (Часть общая) [Commentary on the Criminal Procedure Code of the Republic of Kazakhstan (General Part)]. – Алматы: Жеты жаргы, 2021. – С. 240–245. Текст кодекса: URL: https://adilet.zan.kz/rus/docs/K1400000231

Строгович М.С. Курс советского уголовного процесса. Т. 1 [Course of Soviet Criminal Procedure. Vol. 1]. – М.: Наука, 1968. – С. 51–56.

Лупинская П.А. Решения в уголовном судопроизводстве: теория, законодательство, практика [Decisions in Criminal Proceedings: Theory, Legislation, Practice]. – М.: Юристъ, 2006. – С. 132–138.

Kukonboyev X.M. Yurist amaliyotchilar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalari (n=513), 2026. – B. 128–131.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2024. Rasmiy matni: URL: https://lex.uz/acts/111460

Roxin C. Strafverfahrensrecht [Criminal Procedure Law]. – 28. Aufl. – München: C.H.Beck, 2014. – S. 543.

Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt [International Covenant on Civil and Political Rights],

12.1966, 14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi 1995-yilda qo‘shilgan. URL: https://www.ohchr.org/en/instrumentsmechanisms/instruments/international-covenant-civil-and-political-rights

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida»gi 2018 yil 24 avgustdagi 24-son qarori. Rasmiy matni: URL: https://lex.uz/uz/docs/3895986