PDF

Kalit so‘zlar

O'zbekiston, Transparency International, korruptsiyaga qarshi kurash, huquqiy plyuralizm.

Abstrakt

Ushbu maqola postsovet O'zbekistonidagi korruptsiya va poraxo'rlikning kelib chiqishi va ijtimoiy kontekstni tushunish va ushbu jarayonlarda norasmiy bitimlarning ijtimoiy va ahloqiy normalar bilan bog’likligi jihatlarini o'rganishga qaratilgan. O'zbek jamiyatidagi norasmiy bitimlar aksariyat G'arb dunyosiga qaraganda farq qiladi va turli madaniy va funktsional ma'nolarni aks ettiradi; va shuning uchun g'arb-markaziy nuqtai nazardan pora sifatida belgilanishi mumkin bo'lgan bitimlar O’zbek madaniy kontekstida o’zgacha mazmunga ega bo’lishi mumkin. Agar bu gipoteza toʻgʻri boʻlsa, Oʻzbekiston va balki Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari kontekstida korruptsiyaning Gʻarbga asoslangan talqinlarining dolzarbligini qayta koʻrib chiqish uchun sabablar boʻlishi mumkin. Bu masalalar postsovet O‘zbekistonidan kuzatuvlar va norasmiy intervyular asosida o‘rganiladi. Ushbu tadqiqot O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatida 2009-2012 yillar davomida o‘tkazilgan uch davr etnografik dala tadqiqotlariga asoslanadi. U nazariy asosni ta'minlash uchun "Living Law" va huquqiy plyuralizm tushunchalariga tayanadi.

PDF