Abstrakt

Ushbu maqolada sud jarayonlarini yoritishda ommaviy axborot vositalari (OAV) ishtirokining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari, ularning nazariy hamda tashkiliy jihatlari tahlil etiladi. Maqola asosan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalari, ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi bir qator normativ-huquqiy hujjatlar, qolaversa, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 21-fevraldagi “Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini ta’minlash to‘g‘risida”gi Qarori asosida olib borildi. Shuningdek, sud muhokamasining ochiqligi prinsipi, axborot erkinligi va sud hokimiyati mustaqilligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yoritilib, OAV vakillarining sud majlislarida ishtirok etish huquqi va uning huquqiy kafolatlari izchil ochib beriladi. Shuningdek, sud axborotlarining oshkoraligi, ularni tarqatishning qonuniy asoslari hamda ayrim hollarda axborotni cheklash mezonlari tahlil qilinadi. Bundan tashqari, sud faoliyatiga noqonuniy aralashuvning oldini olish, jamoatchilik nazoratini ta’minlash va sud tizimiga nisbatan ishonchni mustahkamlashda OAVning o‘rni alohida ko‘rib chiqiladi. Maqolada sud va OAV o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning mavjud holati tizimli tahlil qilinib, amaliyotda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari aniqlanadi. Ilmiy tahlil natijasida sud muhokamasi oshkoraligini ta’minlash, axborot erkinligini kengaytirish hamda sud hokimiyati mustaqilligini saqlagan holda OAV faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Pdf

Библиографические ссылки

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 27-iyundagi ommaviy axborot xodimlariga yo‘llagan tabrigi. — URL: https://president.uz/oz/lists/view/8269

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-iyundagi PQ-294-son “Ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. — URL: https://lex.uz/uz/docs/-6083381

Judith Resnik, Yale Law School. The contingency of openness in courts: changing the experiences and logics of the public’s role in court-based adr, 2015 // https://openyls.law.yale.edu/server/api/core/bitstreams/a6cca18b-ab44-44c4-83b6-ed2245ed235d/content

Jane Johnston, International Journal of Law in Context (2018), 14, 525–538 // (PDF) Three phases of courts’ publicity: reconfiguring Bentham's open justice in the twenty-first century

Ilxombekov J. I. Internetdan axborot olishning konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlari: avtoref. diss. ... PhD. — Toshkent, 2024. — URL: https://api.ziyonet.uz/uploads/books/10001253/Ndb109WGpUVv4an.pdf?07rWBS0T4yWLXfz7xcSWq

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. — Toshkent: O‘zbekiston, 2023. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. — URL: https://lex.uz/docs/-6445145

Konstitutsiyaviy huquq [Matn]: darslik / Maʼsul muharrir: y.f.d., professor. I.R.Bekov // Mualliflar jamoasi. — T.: TDYU nashriyoti, 2024.- b 667.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2023. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. — URL: https://lex.uz/docs/-6445145

“Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 28.07.2021-yildagi O‘RQ-703-son // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. — URL: https://lex.uz/docs/-5534923

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi (Umumiy qism) // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. — URL: https://lex.uz/docs/-111460

“Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 28.07.2021-yildagi O‘RQ-703-son // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. — URL: https://lex.uz/docs/-5534923

Effect.uz’ning sobiq bir va hozirgi ikki jurnalistiga sud hukmi o‘qildi. Gazeta.uz. 2021-yil, 3-noyabr. — URL: https://www.gazeta.uz/oz/2021/11/03/journalist/

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun, 18.04.2018 yildagi O‘RQ-476-son // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. — URL: https://lex.uz/docs/-3689258

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (Ikkinchi qism) // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. — URL: https://lex.uz/docs/-180552

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 21.02.2020 yildagi 04-son “Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini taʼminlash toʻgʻrisida”gi qarori // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. — URL: https://lex.uz/docs/-4751577

“Agar jurnalist haq bo‘lsa, biz uni tan olishimiz kerak” – Prezident. Toshkent: Kun.uz, 8-noyabr 2024-yil. // . — URL: https://kun.uz/06759881

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmoni — “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. — URL: https://lex.uz/docs/-7437170