Abstract
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida ayollar tomonidan sodir etiladigan firibgarlik jinoyatlari profilaktikasini takomillashtirishning kriminologik asoslari, jinoyatchilik rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari, ijtimoiy munosabatlarning raqamlashuvi hamda mulkiy jinoyatlarni sodir etish usullarining transformatsiyasi nuqtayi nazaridan tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida ayollar tomonidan sodir etiladigan firibgarlikning kriminologik xususiyatlari kompleks tahlil qilinib, jinoiy xulq-atvorning shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, xulqiy va tashkiliy omillar ochib berilgan. Shuningdek, ishonchni suiiste’mol qilish, ijtimoiy aloqalardan hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan firibgarlik jinoyatlarini sodir etish mexanizmining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilgan.
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida firibgarlikning oldini olishning normativ-huquqiy asoslarini tadqiq etishga alohida e’tibor qaratilgan. Jinoyat qonunchiligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonunchilik hamda profilaktika subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilingan. Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya va Singapur qonunchiligi hamda huquqni qo‘llash amaliyotining qiyosiy-huquqiy tahlili asosida raqamli texnologiyalardan foydalanish, xavf-xatarlarga yo‘naltirilgan boshqaruv, jinoyatchilikning analitik monitoringi, davlat organlari bilan moliyaviy muassasalar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek aholining huquqiy va raqamli savodxonligini oshirishga asoslangan firibgarlik profilaktikasining eng samarali yondashuvlari aniqlangan.
Tadqiqot natijalari asosida milliy profilaktika tizimini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular kriminologik monitoringni rivojlantirish, ayollar tomonidan sodir etilgan firibgarlik jinoyatlarining individual profilaktikasi va resotsializatsiyasiga qaratilgan ixtisoslashtirilgan dasturlarni joriy etish, idoralararo axborot almashinuvini mustahkamlash, viktimologik profilaktikani kengaytirish hamda jinoyatlarning oldini olishning zamonaviy raqamli mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etishni nazarda tutadi.
References
Уголовный кодекс Республики Узбекистан https://lex.uz/docs/111457#155827
Закон Республики Узбекистан «О профилактике правонарушений» https://lex.uz/ru/docs/2387359?ONDATE=16.01.2026
Абдреимов А. Анализ преступления мошенничества и меры по борьбе с ним // Наука и инновации в системе образования. – 2024. – Т. 3. – № 11. – С. 8–22. https://inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/51157
Антонян Ю., Кудрявцев В., Эминов В. Личность преступника. – Litres, 2022. https://www.litres.ru/book/uriy-antonyan/lichnost-prestupnika-11252205/
Kriminologiya: Darslik / Z.S. Zaripov, Yu.S. Pulatov, G.A. Avanesov va boshq.; prof. Z.S. Zaripov tahriri ostida. - T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2006. - 474 b. https://yurkitob.uz/ru/books/reader/710
Cressey D. R. Other people’s money; a study of the social psychology of embezzlement. – 1953. – P-30 https://books.google.co.uz/books?id=XlOAAAAAIAAJ&redir_esc=y
Q.R.Abdurasulova. Kriminologiya. Darslik. Mas’ul muharrir: yu.f.d., prof. M.H. Rustamboyev. –T.: TDYUI nashriyoti, 2008. 62-bet. https://library.tsul.uz/uz/books/4089
Медведев Е.В. Социально-психологический портрет личности мошенника // Юридическая психология. – 2022. – № 4. – С. 16–18. https://lawinfo.ru/articles/3629/socialno-psixologiceskii-portret-licnosti-mosennika
Алтиев Р.С. Уголовно-правовые и криминологические аспекты мошенничества: автореферат диссертации на соискание ученой степени доктора философии по юридическим наукам. – Ташкент, 2020. – С. 17.
Association of Certified Fraud Examiners(ACFE). Occupational Fraud 2024: A Report to the Nations [Elektron resurs]. — Austin, TX: ACFE, 2024. — 88 b. — URL: https://legacy.acfe.com/report-to-the-nations/2024/
Гафурова Д. Криминалистическая характеристика преступлений, совершаемых женщинами // Scientific progress. – 2021. – № 6 https://www.tadqiqot.uz/index.php/law/article/view/4582
Bar Lev E., Maha L. G., Topliceanu S. C. Financial frauds’ victim profiles in developing countries //Frontiers in Psychology. – 2022. – Т. 13. https://www.frontiersin.org/journals/psychology/articles/10.3389/fpsyg.2022.999053/full