Abstrakt
Mazkur maqola tadbirkorlik faoliyatini konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solishning nazariy-huquqiy tabiatini, uning sohaviy tartibga solish bilan nisbatini hamda davlatning iqtisodiy erkinlikni ta’minlashdagi konstitutsiyaviy majburiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolaning maqsadi tadbirkorlikni konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish tushunchasini aniqlashtirish, uning tarkibiy elementlarini tizimlashtirish va davlat aralashuvining huquqiy chegaralarini asoslashdan iborat. Maqolada formal-yuridik, tizimli, qiyosiy-huquqiy va tahliliy metodlardan foydalanilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2023-yilgi tahriri, tadbirkorlikka oid milliy qonunchilik, xorijiy konstitutsiyaviy tajriba, so‘nggi ilmiy tadqiqotlar, rasmiy statistika hamda sud amaliyoti o‘zaro bog‘liq holda tahlil qilingan. Maqolada tadbirkorlik faoliyatini konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solishning normativ, institutsional va protsessual elementlardan iborat uch tarkibli modeli taklif etildi. Ilmiy yangilik davlatning tadbirkorlikka nisbatan konstitutsiyaviy vazifasini faqat noqonuniy aralashuvdan tiyilish majburiyati bilan cheklamasdan, halol raqobat, mulk daxlsizligi, huquqiy aniqlik va samarali sud himoyasini ta’minlashga qaratilgan ijobiy majburiyat sifatida asoslashda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, davlat aralashuvini baholash uchun qonuniy asos, qonuniy maqsad, zarurat, mutanosiblik va sud nazoratidan iborat mezonlar tizimi taklif qilinadi. Olingan xulosalar tadbirkorlik qonunchiligini takomillashtirish, nazorat vakolatlarini qo‘llash chegaralarini aniqlash va sud amaliyotida konstitutsiyaviy kafolatlarning bevosita ta’sirini kuchaytirishda qo‘llanishi mumkin.
Библиографические ссылки
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (yangi tahrir). 30.04.2023. URL: https://lex.uz/docs/-6445145
Husanov O.T. Konstitutsiyaviy huquq: darslik. – Toshkent: Adolat, 2013. – 552 b.
Konstitutsiyaviy huquq: darslik / Mualliflar jamoasi. – Toshkent: TDYU nashriyoti, 2024. – 800 b.
Шупицкая О.Н. Конституционно-правовое регулирование: понятие и предмет // Современное право. –2018. № 10. – С.28–33. URL: https://sovpravo.press/stati/konstitucionno-pravovoe-regulirovanie-ponyatie-i-predmet/
Юрковский А.В. Конституционно-правовое регулирование в позитивно-правовом смысле: понятие и признаки // Сибирский юридический вестник. – 2017. – № 1 (76). – С.50–62. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/konstitutsionno-pravovoe-regulirovanie-v-pozitivno-pravovom-smysle-ponyatie-i-priznaki
Alexy R. A Theory of Constitutional Rights / Trans. J. Rivers. – Oxford: Oxford University Press, 2002. – 462 p. URL: https://books.google.com/books?hl=en&vid=ISBN0198258216
Barak A. Proportionality: Constitutional Rights and Their Limitations. – Cambridge: Cambridge University Press, 2012. – 611 p. DOI: https://doi.org/10.1017/CBO9781139035293. URL: https://www.cambridge.org/core/books/proportionality/6E9C523D5653FEE453068DEFECF4C4F5
O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-328-son Qonuni. URL: https://lex.uz/docs/-2006789
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. URL: https://lex.uz/uz/docs/-7231780
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. 2024-yilda iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik (biznes)da yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat // Yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish, 2024-yil yakunlari. URL: https://stat.uz/img/01_-vvp_press-reliz-2024_uzb_p61471.pdf
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil. Biznes-ombudsmanning 2024-yil mobaynidagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari xususida ma’lumot. URL: https://biznesombudsman.uz/ru/menu/work_done/
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘RQ-537-son Qonuni. URL: https://lex.uz/docs/-4329270
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-598-son Qonuni. URL: https://lex.uz/docs/-4664142
“Daryo” internet-nashri. Buxorodagi fermer xo‘jaligida noqonuniy soliq tekshiruvi o‘tkazgan xodim jarimaga tortildi. 08.01.2026. URL: https://daryo.uz/2026/01/08/buxorodagi-fermer-xojaligida-noqonuniy-soliq-tekshiruvi-otkazgan-xodim-jarimaga-tortildi/
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil. Tadbirkorga jarima qo‘llash to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi. 11.02.2026. URL: https://biznesvakil.uz/uz/news/2446
Constitution of the United States, Fifth Amendment. U.S. Congress. URL: https://constitution.congress.gov/constitution/amendment-5/
Sherman Anti-Trust Act (1890). U.S. National Archives. URL: https://www.archives.gov/milestone-documents/sherman-anti-trust-act
Clayton Antitrust Act (1914). Legal Information Institute, Cornell Law School. URL: https://www.law.cornell.edu/wex/clayton_antitrust_act
Grundgesetz für die Bundesrepublik Deutschland. URL:https://www.gesetze-im-internet.de/gg/BJNR000010949.html
Declaration of the Rights of Man and of the Citizen of 1789. Presidency of the French Republic. URL:https://www.elysee.fr/en/french-presidency/the-declaration-of-the-rights-of-man-and-of-the-citizen
Constitution of the Russian Federation. URL: https://duma.gov.ru/legislative/documents/constitution/