Abstrakt
Ushbu maqola globallashuv va demokratik islohotlar davrida prokuratura organlarining davlat hokimiyati tizimidagi o‘rni hamda ularning hisobdorlik mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Prokuratura organlarining qonun ustuvorligini ta’minlash va inson huquqlarini himoya qilishdagi rolini tahlil qilinar ekan, tizimning samaradorligi bevosita uning mustaqilligi va hisobdorligi muvozanatiga bog‘liq ekanligi ta’kidlanadi. Maqolani yozish jarayonida rasmiy-yuridik, qiyosiy-huquqiy, tizimli-tarkibiy va statistik metodlardan foydalanilgan.
Maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida prokuratura faoliyatining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari, xususan, Bosh prokurorning Oliy Majlis Senati oldidagi hisobdorligi va parlament nazoratining ikki bosqichli mexanizmi atroflicha yoritilgan. Shuningdek, xalqaro tajriba (Janubiy Koreya, Gretsiya) va xalqaro tashkilotlar (BMT, IAP) standartlari asosida tizimdagi mavjud huquqiy bo‘shliqlar ko‘rsatib o‘tilgan. Xususan, Harbiy va Transport prokuraturasi, Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosining hisobdorlik tartibini qonun darajasida aniqlashtirish zarurati asoslangan.
Tahlil natijalariga ko‘ra, “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunni yangi tahrirda qabul qilish, unda prokuratura organlarining hisobdorligini alohida bob sifatida mustahkamlash hamda prokuraturani aholiga xizmat qiluvchi, ochiq va hisobdor institutga aylantirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan. Shu bilan birga, jamoatchilik va vakillik organlari oldidagi real hisobdorlik prokuratura mustaqilligining kafolati bo‘lib, tizimni korrupsion bosimlardan himoya qilishi ilmiy asoslantirilgan.
Библиографические ссылки
V.M. Savitskiy “Прокурорский надзор и законность: попiтка нового осмiслениya” https://cyberleninka.ru/article/n/prokurorskiy-nadzor-i-zakonnost-v-rossiyskoy-federatsii/viewer.
Yu Mou “Overseeing Criminal Justice: The Supervisory Role of the Public Prosecution Service in China” “Journal of Law and Society” jurnali (2017-yil, 44-tom, 4-son), https://onlinelibrary.wiley.com/doi/abs/10.1111/jols.12060?utm_source
Saidov A.X. Inson huquqlari: Darslik. – Toshkent: “Adolat”, 2021.
-bet.
FAOLIYATNING OCHIQLIGI. https://prokuratura.uz/faoliyatochiqligi.
“Raqamli prokuratura — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 03.11.2025 yildagi PF-204-son https://www.lex.uz/uz/docs/-7813706
Bellin J. Theories of Prosecution. California Law Review, 2020 https://californialawreview.org/print/theories-of-prosecution/.
Gutmann, J., Voigt, S.The Independence of Prosecutors and Government Accountability // Supreme CourtEconomic Review. – 2019. – Vol. 27. – P. 1–19. DOI:10.1086/703749.https://www.journals.uchicago.edu/doi/full/10.1086/703749
The Status and Role of Prosecutors: A United Nations Office on Drugs and Crime and International Association of Prosecutors Guide (2014). chrome-extension://efaidnbmnnnibpcajpcglclefindmkaj/https://www.unodc.org/documents/justice-and-prison-reform/14-07304_ebook.pdf
Ibragimov Z.S. Davlat hokimiyati tizimida prokuraturaning о‘rni va roli (qiyosiy-huquqiy tahlil). Avtoref. – Toshkent, 2010. 53-bet.
Moldova Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni (Legea cu privire la Procuratură, Nr. 3 din 25.02.2016) https://csp.md/sites/default/files/inline-files/legea%203.pdf?utm_source
Madaliyev O.M. Prokuror nazorati. Darslik. Umumiy qism. -T.: TDYUI nashriyoti, 2009. –B.106 https://api.unilibrary.uz/storage/PublisherResourceFile/320113/images/1685081207.pdf?utm_source=chatgpt.com
EXPLANATORY MEMORANDUM: //efaidnbmnnnibpcajpcglclefindmkaj/https://www.barobirlik.org.tr/dosyalar/duyurular/hsykkanunteklifi/erec(2000)19expmot.pdf.