Abstrakt
Maqolada huquqiy ta‘limda klasterlash tizimining mazmun-mohiyati, uning ta‘lim va amaliyot integratsiyasidagi o‘rni hamda zamonaviy ta‘lim jarayoniga ta‘siri tahlil qilinadi. Klasterlash oliy yuridik ta‘lim muassasalari, sudhuquq organlari, advokatura, notariat va yuridik klinikalarni yagona tizimda birlashtirib, talabalarni nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashga tayyorlashga xizmat qiladi. Tadqiqot O‘zbekiston sharoitida huquqiy ta‘lim
klasterlarini rivojlantirish bo‘yicha yangi yondashuvlarni taklif etadi. Unda milliy konsepsiyani ishlab chiqish, hududiy klasterlarni shakllantirish va raqamli texnologiyalarni ta‘lim jarayoniga integratsiya qilish masalalari yoritiladi. Shuningdek, AQSH, Buyuk Britaniya va Germaniya kabi davlatlar tajribasi bilan qiyosiy tahlil asosida klasterlash samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Olingan xulosalar huquqiy ta‘lim sifatini oshirish,
mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Maqolada huquq ta‘limida klasterlashning ahamiyati, afzalliklari va uni O‘zbekistonda joriy etish istiqbollari ham keng yoritilgan.