Abstrakt
Ushbu maqolada fuqarolik sud ishlarini yuritishda huquqiy xato tushunchasi, turlari va mazmuni yoritilgan bo‘lib, uning turlaridan biri sifatida sud xatosi nazariy-ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot qilish jarayonida turli huquqshunos olimlarning fikrlari va mulohazalari o‘rganilib, ularning bergan ta’riflaridan kelib chiqqan holda sud xatosining mohiyati va mazmuni keng yoritib berilgan. Bunda sud xatosi tushunchasi, uni vujudga keltiruvchi sabablar nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Sud xatosiga olib keluvchi sabablar o‘z navbatida ikkita guruhga ajratilgan, ya’ni subyektiv hamda obyektiv omillar. Sud xatosini vujudga kelishida subyektiv omillar sifatida sudyaning malaka darajasi, uning ruhiy holati bilan bog‘liq muammolar tufayli yuzaga keluvchi xatoliklar bo‘lsa, obyektiv omillar esa sudlardagi ish hajmining yuqori ekanligi va qonunchilikdagi mavjud ziddiyatli vaziyatlarga duch kelish holatlari hisoblanadi. Shuningdek, sud xatosining sud hujjatlariga, ayniqsa hal qiluv qarorlariga ta’sir doirasi o‘rganilib, sud xatosi vujudga kelganida birinchi instansiya sudlarining o‘zi tomonidan bartaraf qilinishi mumkin bo‘lgan holatlari va sud hujjatlarining yuqori instansiya sudlari tomonidan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishiga olib keluvchi holatlari tahlil qilingan. Ushbu tahlillar natijasi bo‘yicha sud xatosini faktik, moddiy huquq normalari bilan bog‘liq va protsessual xatoliklardan kelib chiquvchi uchta guruhga ajratilgan. Fuqarolik protsessual qonunchilikda keltirilib o‘tilgan protsessual huquq normalarining buzilishi asoslari tahlil qilinib, ushbu qoidalardagi kamchiliklar yuzasidan yechim va takliflar berilgan. Nazariy-ilmiy taklif sifatida sud xatosiga mualliflik ta’rifi berilgan bo‘lib, bu fuqarolik sud ishlarini yuritishning maqsad va vazifalaridan chetga chiqqan holda, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining qonunchilikda belgilangan huquq va manfaatlari buzgan holda sud hujjatlarining qabul qilinishiga olib keladigan, odil sudlovga erishishga to‘siq bo‘ladigan yoki huquq normalarining obro‘sizlanishiga olib keladigan salbiy holat deb baholangan. Amaldagi qonunchilikka taklif sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 3724-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish keltirilgan.
Библиографические ссылки
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi // 01.05.2023 // URL: https://lex.uz/docs/-6445145
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risidagi farmoni. 28.01.2022-yildagi PF-60-son // URL:https://lex.uz/uz/docs/-5841063
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi // 01.04.2018 // URL:https://lex.uz/docs/-3517337#-6716209
Mamasiddiqov M.M., Xabibullayev D.Y., Fuqarolik protsessual huquqi. Darslik. Mualliflar jamoasi. - Toshkent. “Lesson press” nashriyoti. 2020-y. 607 bet // URL:https://drive.google.com/file/d/1GJyv6KODBfziHGELOV8xbsD0ZxpTWzp/view
Голубева М.Л. Судебная ошибка: теоретико-прикладной анализ: автореф. дис. … канд. юрид. наук: 12.00.08 – уголовное право и криминология; уголовно-исполнительное право. – Н. Новгород, 2009. – 30 с. 10c//URL: https:// www.dissercat.com/content/sudebnaya-oshibka-teoretiko-prikladnoianaliz/read
Беккер Т.А. Установление истины как основы предупреждения судебных ошибок в уголовном судопроизводстве: автореф. дисс. канд. юрид. наук: 12.00.09 - Уголовно-процессуальный. - Томск, 2017. - 24 с.// URL: https://www.dissercat.com/content/ustanovlenie-istiny-kakosnovapredotvrashcheniya-sudebnykh-oshibok-vugolovnom-proizvodstve/read
Мохов А.А. Гражданский процесс (гражданское процессуальное право) России: учебник — М.: ООО «ЮРИДИЧЕСКАЯ ФИРМА КОНТРАКТ», 2017. — 384 с. 24 c // URL: https://www.consultant.ru/edu/student/download_ books/book/grazhdansky_process_rossii_pod_red_aa_mokhova/
Esanova Z.N., Xabibullayev D.Y., Salimova I.M. Fuqarolik ishlarini sudda ko‘rishda isbotlash va dalillar.
Monografiya. - Toshkent: LESSON PRESS, 2015. - 181 bet. // URL: https://drive.google.com/file/d/1zKJQCerS7-
WpCd43ZSbzxtSGPGmRWtbm/view
Крашенинникова П. В. Гражданское процессуальное право : учебник : [в 2 т.] / под ред. – 2-е изд., перераб. и доп. – Москва : Статут, 2022. 550 c 435-437 c.//URL: https://www.consultant.ru/edu/student/download_books/ book/grazhdanskoe_processualnoe_pravo_uchebnik_v_2_t_tom_1_obshchaya_chast_pod_red_pv_krasheninnikova/
Тришина Е.Г. Проблема судебного контроля в гражданском судопроизводстве: Дис... канд. юрид. наук. Саратов, 2000.//URL: https://www.dissercat.com/content/problema-sudebnogo-kontrolya-v-grazhdanskomsudoproizvodstve
Красильников Б.В. Судебная ошибка по гражданскому делу как следствие несовершенства материального и процессуального законодательства: Дис... канд. юрид. наук. М., 2002. // URL: https://www.dissercat.com/content/ sudebnaya-oshibka-po-grazhdanskomu-delu-kak-sledstvie-nesovershenstva-materialnogo-i-protses
Ефимова В.В. Контроль в арбитражном процессе как способ устранения судебных ошибок: автореф. дис.... канд. юрид. наук: 12.00.15 - гражданский процесс; арбитражный процесс. Саратов, 2004. - 32 с.//URL: https:// www.dissercat.com/content/kontrol-v-arbitrazhnom-protsesse-kak-sposob-ustraneniya-sudebnykh-oshibok/read
Mamasiddiqov M.M., Esanova Z.N., Xabibullayev D.Y. Fuqarolik protsessual huquqi. O‘quv qo‘llanma. - Toshkent. ILM ZIYO, 2012-yil, - 336 bet.//URL:https://www.ziyouz.com/books/kollej_va_otm_darsliklari/huquq/Fuqarolik%20 protsessual%20huquqi%20(M.Mamasidiqov,%20Z.Esanova,%20D.Habibullayev).pdf
Петрова И.А. Пересмотр судебных актов по вновь открывшимся обстоятельствам в гражданском и арбитражном процессах (сравнительно-правовой аспект): автореферат диссертации на соискание учёной степени кандидата юридических наук. — Москва, 2010. — 33 с. // URL: https://www.dissercat.com/content/ peresmotr-sudebnykh-aktov-po-vnov-otkryvshimsya-obstoyatelstvam-v-grazhdanskom-i-arbitrazhno/read
Морозова А.С. Пределы рассмотрения дела арбитражным апелляционным судом и его полномочия: дис. ... канд. юрид. наук: 12.00.15 — гражданский процесс; арбитражный процесс. Саратов, 2015. 35 с. 19 c// URL: https://www.dissercat.com/content/predely-rassmotreniya-dela-arbitrazhnym-apellyatsionnym-sudom-i-egopolnomochiya/read
Xusaynova R.A. Fuqarolik ishlarini apellyatsiya tartibida sudda ko‘rib chiqish muammolari: yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya avtoreferati. – Toshkent, 2011. – 26 bet.