Pdf

Kalit so‘zlar

jinoyat subyekti, jismoniy shaxs, yuridik shaxs, voyaga yetmagan shaxs, jinoiy javobgarlik yoshi, mulkni qasddan nobud qilish, yosh belgisi, aqli rasolik, aqli norasolik, jinoyat huquqi, jinoyat qonunchiligi, yoshni aniqlash, yosh chegarasi

Как цитировать

FAYZULLAYEV , A. (2026). MULKNI QASDDAN NOBUD QILISH YOKI UNGA ZARAR YETKAZISH JINOYATINING SUBYEKTIGA OID AYRIM MULOHAZALAR. YURIST AXBOROTNOMASI, 1(2), 124–132. Retrieved from https://yuristjournal.uz/index.php/lawyer-herald/article/view/1207

Abstrakt

Mazkur maqolada mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish jinoyatining subyektiga oid zaruriy belgilari nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Xususan, jinoyat subyekti tushunchasi, uning asosiy belgilaridan biri sifatida jinoiy javobgarlik yoshi va aqli rasolik mezonlari ilmiy asosda yoritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
173-moddasi doirasida ushbu jinoyatni sodir etuvchi shaxslarning yosh xususiyatlari va ularning javobgarlikka tortilish mezonlari o‘rganiladi. Statistik ma’lumotlar asosida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan mazkur turdagi jinoyatlarning ulushi nisbatan past ekanligi aniqlanadi. Muallif jinoiy javobgarlik yoshini aniqlashda tibbiy-biologik, ijtimoiy-psixologik hamda huquqiy mezonlar o‘zaro chambarchas bog‘liq ekanligini asoslab bergan, shuningdek, ushbu omillarning jinoyat subyekti tushunchasini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyatini izchil tahlil qilgan. Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi normalari asosida jinoiy javobgarlik yoshining umumiy va ayrim jinoyatlar uchun belgilangan maxsus chegaralari, shuningdek, voyaga yetmagan shaxslarning yoshini aniqlash tartibi va protsessual xususiyatlari tahlil qilingan. Mazkur jinoyatni sodir etishda voyaga yetmaganlarning ulushi nisbatan past bo‘lib, ayniqsa 14–16 yosh toifasida bu ko‘rsatkich juda kam darajada namoyon bo‘ladi. Shu asosda jinoiy javobgarlik yoshini pasaytirish zarurati mavjud emasligi, balki amaldagi yondashuv ilmiy va amaliy jihatdan asoslanganligi xulosasi ilgari suriladi. Maqolada, jinoyat subyekti bilan bog‘liq ayrim nazariy muammolar yuzasidan mualliflik yondashuvlari ham ilgari suriladi.

Pdf

Библиографические ссылки

Волкова И.А. Ответственность за фальсификацию доказательств по уголовному делу: Дисс. канд. юрид. наук. – М., 2005. – С. 72.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. (2026-yil 20-yanvargacha bo‘lgan o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan). Yuridik adabiyotlar publish. –Toshkent. 2026-yil. 304-bet. // URL: https://lex.uz/docs/-111453#-179930

Махмудов О. (2026). Субъект в уголовном праве: вопросы уголовной ответственности физических и юридических лиц . Общество и инновации, 7(1), 205–211. URL: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol7-iss1-pp205-211

Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 1. Jinoyat haqida ta’limot. Darslik. 2-nashr, to‘ldirilgan va qayta ishlangan – T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. -234

Altiyev R.S. Firibgarlikning jinot-huquqiy va kriminologik jihatlari. Monografiya // Mas’ul muharrir: yu.f.d., professor G.Z.Tulaganova. – 66 b.

Фёдоров А. В. Уголовная ответственность юридических лиц впостсоветских государствах: монография. М., 2022

Utemuratova S. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar subyekti sifatida – yuridik shaxslar // Yurist axborotnomasi – Вестник юриста – Lawyer herald. No 3 (2024) B. 71-77. URL: https://yuristjournal.uz/index.php/lawyer-herald/article/view/985

Кушбаков Д.М. Юридик шахслар жиноий жавобгарлигининг хусусиятлари //Academic research in educational sciencesvolume 2 | issue 5 | 2021. -С.1029-1037. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/yuridik-shahslar-zhinoiy-zhavobgarligining-hususiyatlari

Jinoyat huquqi. (Umumiy qism) Darslik. Mas’ul muharrir: yu.f.f.d (PhD) X.Ochilov – T.: Adolat nashriyoti, 2020. 82 b.

Mamajanov A.M. Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslarning jinoiy javobgarligi. Yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent-2024. 19-b.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2025-yil 13-martdagi 07-14/25-7833-sonli javob xati.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining 2024-yil 18-martdagi ajrimi // URL: https://public.sud.uz/report/CRIMINAL

O‘zbekiston SSRning Jinoyat kodeksi. Nashr uchun mas’ullar: M.Vosiqova, T.Nigmonov. – Toshkent: O‘zbekiston, 1977. – B. 11.

Abdurasulova Q.R. Jinoyatning maxsus subyekti: O‘quv-qo‘llanma. – Toshkent: TDYUI, 2005. – B. 16.

Adurasulova K.R. Voyaga yetmagan shaxsni jinoyatning subyekti deb topishning zaruriy belgisi // Yurist axborotnomasi – Вестник юриста – Lawyer herald. № 1 (2026) B.99-110. URL: https://www.yuristjournal.uz/index.php/lawyer-herald/article/view/1188

Петрова О.Н. Назначение уголовного наказания несовершеннолетним (уголовно-правовые и криминологические аспекты): Автореф. дисс. …канд. юрид. наук. – Волгоград, 2004. – С. 21.

Ситковская О.Д. Психология уголовной ответственности. – М., 1998. – С. 109.

Usmonaliyev M. Jinoyat huquqi. Umumiy qism. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. T., «Yangi asr avlodi», 2010, bet.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori // URL: https://lex.uz/ru/docs/-1449720

Kushbakov D.M. Jinoyat subyektining jinoyat-huquqiy tavsifi va xususiyatlari. Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent – 2021. 13 b. URL: https://api.ziyonet.uz/uploads/books/7007/61850045ae5a2.pdf

Павлов В.Г. Субъект преступления. – СПб., 2001. – С. 89.

Плютина Е.М. Уничтожение или повреждение имущества: проблемы квалификации и соотношение со смежными составами преступлений (по материалам судебной практики Краснодарского края): дис. … канд. юрид. наук / Е.М. Плютина. – Краснодар, 2006. – С. 99.

Мирончик, А.С. Преступные уничтожение или повреждение чужого имущества: Обоснованность криминализации, оптимизация законодательного описания, квалификация: дис.канд. юрид. наук / А.С. Мирончик. – Красноярск, 2009. – С. 93–94.