Pdf
DOI

Kalit so‘zlar

ijtimoiy sheriklik organlari, ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalar, jamoaviy muzokaralar, jamoa shartnomasi, jamoa kelishuvlari, tripartizm, mutanosiblik prinsipi, kasaba uyushmalari, ish beruvchilar birlashmalari, davlat boshqaruv organlari.

Как цитировать

ABDUG‘AFFOROV , J. (2026). IJTIMOIY-MEHNAT KOMISSIYALARI: NORMATIV NOMUVOFIQLIKLAR VA YECHIMLAR. YURIST AXBOROTNOMASI, 1(5), 83–91. Retrieved from https://yuristjournal.uz/index.php/lawyer-herald/article/view/1308

Abstrakt

Mazkur maqolada mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik organlarining huquqiy tabiati, institutsional tuzilishi hamda ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalar: normativ nomuvofiqliklar va yеchimlar tahlil etiladi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi 553-son qarori negizida shakllangan boshlang‘ich, hududiy, tarmoq va respublika darajasidagi komissiyalarning tuzilish tartibi, tarkibi, vakolatlari va faoliyat mexanizmlari qiyosiy-huquqiy tahlil qilinadi. Shuningdek, Xalqaro Mehnat Tashkilotining tripartizm tamoyili hamda uch tomonlama maslahatlashuvlar to‘g‘risidagi 144-sonli konvensiyasi nuqtayi nazaridan milliy amaliyot xorijiy tajriba bilan solishtiriladi.

Izlanish davomida mehnat qonunchiligi normalari va qayd etilgan qaror o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik darajalari bo‘yicha nomuvofiqlik, taraflar vakilligini shakllantirishda mutanosiblik prinsipining yеtarli darajada meʼyorlashtirilmaganligi, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlardagi ayrim bo‘shliq va ziddiyatlar aniqlanadi.

Tahlil natijalari ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solishda komissiyalarning institutsional mexanizm sifatidagi rolini mustahkamlash, jamoaviy muzokaralar amaliyotini takomillashtirish hamda xususiy sektorda ijtimoiy sheriklik institutlarini rivojlantirish borasida amaliy ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqot metodologik asosini tizimli-tahliliy, qiyosiy-huquqiy, formal-yuridik, mantiqiy tahlil, induksiya va deduksiya usullari tashkil etadi. Bu esa mavzuni nazariy va amaliy jihatdan har tomonlama yoritish imkonini berdi. Shuningdek, maqolada ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini tartibga soluvchi normalarning dispozitiv xususiyati va bu borada taraflarga berilgan shartnomaviy erkinlik chegaralari alohida ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, komissiyalar tomonidan jamoaviy mehnat nizolarini muzokaralar yo‘li bilan hal etish mexanizmi ham tadqiqot doirasida yoritiladi.

Pdf
DOI

Библиографические ссылки

E. Z. Nishanbaeva. «Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda ijtimoiy sheriklikning oʻrni» Academic research in

educational sciences, vol. 5, no. NUU Conference 2, 2023, p. 482. https://www.researchgate.net/publication/347897712_

FUKAROLIK_ZAMIATINI_RIVOZLANTIRISDA_IZTIMOIJ_SERIKLIKNING_URNI

Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Uch tomonlama maslahatlashuvlar to‘g‘risida”gi 144-sonli konvensiyasi (Jeneva,

-yil, 21-iyun).

Partnering with the ILO is an investment in social justice for all https://www.ilo.org/partnering-development.

“Трудовой кодекс Российской Федерatsiи” от 30.12.2001 N 197-ФЗ (ред. от 07.04.2025).

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi “Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch

tomonlama komissiyalar to‘g‘risida”gi 553-son qarori.

Саттарова Г.Ж. Коллективно-договорное регулирование трудовых отношений в Республике Узбекистан.

Диссертatsiя - Ташкент, 2009. 79.

B.M.Hamroqulov. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga ilmiy-amaliy sharh. 3 jildlik. 1-jild. (Mualliflar

jamoasi). O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi. Toshkent, 2025 y. – 156 b.

O‘zbekiston Respublikasi “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonuni. (2019-yil 6-dekabr, O‘RQ-588-son //

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 03/19/588/4115-son.).

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. (O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabridagi O‘RQ-798-son

Qonuni bilan tasdiqlangan // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son.).

Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati Kengashi

hamda Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha 2023-2025-yillarga

tuzilgan hududiy jamoa kelishuvi https://sub.kasaba.uz/surxondaryo/wp-content/uploads/sites/20/2023/03/1-1.pdf.

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi rasmiy sahifasi https://talim.kasaba.

uz/.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi rasmiy sahifasi https://kasaba.uz/struktura-2/.

Ijtimoiy-mehnat masalalari bo’yicha Respublika uch tomonlama komissiya bayonnomasi. https://kasaba.uz/wpcontent/uploads/2025/05/bayonoma_10_12.02.2025.pdf

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Mehnat kodeksiga ilmiy-amaliy

sharhi. Toshkent. 2026-yil. 190-b.

B.M.Hamroqulov. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga ilmiy-amaliy sharh. 3 jildlik. 1-jild. (Mualliflar

jamoasi). O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi. Toshkent, 2025 y. – 164 b.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (2023-yil 30-aprel. – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida:

O‘RQ-837-son Konstitutsiyaviy Qonun, 2023-yil 1-may. – Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.).