Abstrakt
Mazkur maqolada sun’iy intellekt va huquqiy texnologiyalarning yuridik kasblar va yuridik mehnat bozoriga ta’siri, shuningdek, texnologik transformatsiya sharoitida yuridik kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlanishiga qo‘yiladigan yangi talablar tadqiq etilgan. Maqolada xalqaro tashkilotlar, jumladan, Xalqaro Mehnat Tashkiloti, Jahon iqtisodiy forumi (World Economic Forum), YUNESKO, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) hamda yuridik sohadagi xalqaro professional tashkilotlarning tahliliy materiallari asosida sun’iy intellektning yuridik faoliyatga ta’sirining asosiy yo‘nalishlari o‘rganilgan. Yuridik kasblarning to‘liq yo‘qolishidan ko‘ra, ularning vazifaviy tarkibi va mehnat mazmunining o‘zgarishi ehtimoli yuqoriligi asoslangan. Maqolada huquqiy tadqiqot, hujjatlarni tahlil qilish, shartnomalarni ko‘rib chiqish, ma’lumotlarni saralash kabi takroriy va standartlashtirilgan vazifalarning avtomatlashtirilish imkoniyatlari hamda murakkab huquqiy tahlil, strategik qaror qabul qilish, muzokara olib borish, etik baholash va professional javobgarlik kabi inson ishtirokini talab qiluvchi faoliyatlarning ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish va yuridik kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi sohasidagi mavjud normativ-huquqiy va institutsional asoslar ko‘rib chiqilgan. Tahlil natijasida zamonaviy yuridik kadrlarning kompetensiyalarini huquqiy-kasbiy, raqamli va sun’iy intellekt, xatarlarni boshqarish hamda amaliy-professional kompetensiyalar integratsiyasi asosida shakllantirish taklif etilgan. Maqolada bir martalik malaka oshirishdan uzluksiz va ehtiyojlarga asoslangan kasbiy rivojlanish modeliga o‘tish, SI va Legal Tech vositalarini yuridik ta’lim va amaliy mashg‘ulotlarga integratsiya qilish, shuningdek, texnologiyadan foydalanishda inson nazorati va professional javobgarlikni ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Библиографические ссылки
International Labor Organization. Generative AI and Jobs: A Refined Global Index of Occupational Exposure. ILO
Working Paper 140. Geneva, 2025. URL: https://www.ilo.org/publications/generative-ai-and-jobs-refined-global-indexoccupational
UNESCO. Recommendation on the Ethics of Artificial Intelligence. Paris: UNESCO, 2022.URL: https://unesdoc.unesco.org/in/documentViewer.xhtml?ark=%2Fark:%2F48223%2Fpf0000381137%2FPDF%2F381137eng.
pdf&file=%2Fin%2Frest%2FannotationSVC%2FDownloadWatermarkedAttachment%2Fattach_import_e8c4b5d-5af9-
e15-be6082f1a09956fd?_=381137eng.pdf&id=p::usmarcdef_0000381137&locale=fr&multi=true&v=2.1.196&ut
OECD. Building an AI-ready Public Workforce: Implications and Strategies. Paris: OECD Publishing, 2026. DOI:10.1787/b89244c7-en. URL: https://www.oecd.org/en/publications/building-an-ai-ready-public workforce_b89244c7-en.html?utm_source
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi “2030-yilgacha sun’iy intellekt texnologiyalarini
rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-358-son qarori. URL: http://lex.uz//docs/-7158604
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va
fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-232-son Farmoni. URL: https://lex.uz/uz/docs/-7864099
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi “Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni
qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 171-son qarori.
URL: https://lex.uz/uz/docs/7437170
Susskind, R. Tomorrow’s Lawyers: An Introduction to Your Future. 3rd ed. Oxford: Oxford University Press, 2023.
DOI: 10.1093/9780192864727.001.0001. URL: https://academic.oup.com/oxford-law-pro/book/60058?utm_source
Autor, D. H. Why Are There Still So Many Jobs? The History and Future of Workplace Automation. Journal of
Economic Perspectives, 2015, Vol. 29, No. 3, pp. 3–30. DOI: 10.1257/jep.29.3.3. URL: https://www.aeaweb.org/articles?id=10.1257/jep.29.3.3
Remus, D., Levy, F. Can Robots Be Lawyers? Computers, Lawyers, and the Practice of Law. 2016. SSRN Working Paper. DOI: 10.2139/ssrn.2701092. URL: https://papers.ssrn.com/sol3/papers.cfm?abstract_id=2701092
Council of Bars and Law Societies of Europe (CCBE). Guide on the Use of Generative AI for Lawyers. Brussels: CCBE,
URL: https://www.ccbe.eu/actions/committeesworking_groups/index.html?Committee=IT+Law&idC=531&utm_source
Gmyrek P., Berg J., Kamiński K., Konopczyński F., Ładna A., Nafradi B., Rosłaniec K., Troszyński M. Generative AI and Jobs: A
Refined Global Index of Occupational Exposure. ILO Working Paper 140. Geneva: International Labor Organization,2025.72p.
URL: https://researchrepository.ilo.org/esploro/outputs/encyclopediaEntry/995653520102676?utm
International Bar Association; Center for AI and Digital Policy. The Future is Now: Artificial Intelligence and the Legal Profession. London: International Bar Association, 2024. URL: https://www.ibanet.org/Artificial-intelligencehubpage?utm.