Abstrakt
Maqolada qonunchilik sifati normativ matnning yuridik-texnik mukammalligi bilan cheklanmaydigan, balki normativ qarorning dalillarga asoslanganligi, real ijro etilish imkoniyati va davlatning strategik maqsadlari bilan muvofiqligini birlashtiruvchi integral kategoriya sifatida ko‘rib chiqildi. Maqolaning maqsadi qonunchilik sifatini ta’minlashga oid zamonaviy nazariy va institutsional yondashuvlarni tizimlashtirish hamda O‘zbekiston uchun “strategiya – norma – ijro – natija” sikliga asoslangan amaliy modelni ishlab chiqishdan iborat. Formal-yuridik, tizimli-tuzilmaviy, qiyosiy-huquqiy, funksional va huquqiy modellashtirish usullari qo‘llanildi. Aniqlanishicha, dalillarga asoslanganlik muammoni to‘g‘ri tashxislash, muqobil yechimlarni solishtirish va ta’sirni mutanosib baholashni; ijro etiluvchanlik vakolat, resurs, protsedura, raqamli infratuzilma va nazorat mexanizmlarining normada oldindan loyihalanishini; strategik muvofiqlik esa normativ vosita bilan strategik maqsad, indikator va budjet o‘rtasida tekshiriladigan bog‘lanish yaratilishini talab qiladi. Natijada muammo pasporti, muqobillar matritsasi, olti komponentli ijro etiluvchanlik testi, strategik filtr, normativ-huquqiy loyiha bo‘yicha yagona tahliliy hujjatlar majmui(yagona regulyator dosye) hamda ex ante, ex durante va ex post baholashdan iborat model taklif etildi. Ilmiy yangilik Yevropa komissiyasining Better Regulation tizimi va YXHT hujjatlaridagi umumiy metodologik talablarni takrorlashda emas, balki ularni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirib, muammo pasportining majburiy rekvizitlari, olti komponentli ijro etiluvchanlik testi va memorandumi, ikki darajali strategik filtr hamda yagona elektron regulyator dosyeni o‘zaro bog‘langan model sifatida ishlab chiqilganida namoyon bo‘ladi.
Библиографические ссылки
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 30.04.2023. URL: https://lex.uz/docs/-6445145
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-apreldagi O‘RQ–682-son “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni. URL: https://lex.uz/docs/-5378966
OSCE Office for Democratic Institutions and Human Rights. Guidelines on Democratic Lawmaking for Better Laws. – Warsaw: OSCE/ODIHR, 2023. – 183 p. URL: https://cdn.osce.org/sites/default/files/f/documents/a/3/558321_3.pdf
European Commission. Better Regulation Guidelines. Commission Staff Working Document SWD(2021) 305 final. Brussels, 2021. URL: https://commission.europa.eu/system/files/2021-11/swd2021_305_en.pdf
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. Qonunchilik hujjatlari va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash tizimi holati: 2025-yillik hisobot. – Toshkent, 2025. URL: https://back.minjust.uz/media/document/008459dc-bf6c-4772-bcd6-ddb9bbf95d1d/TSTB_yillik_axborot_2025.pdf
Mousmouti M. Designing Effective Legislation. – Cheltenham; Northampton: Edward Elgar Publishing, 2019. – 224 p. DOI: https://doi.org/10.4337/9781788118231
OECD. Regulatory Impact Assessment: OECD Best Practice Principles for Regulatory Policy. – Paris: OECD Publishing, 2020. URL: https://doi.org/10.1787/7a9638cb-en
OECD. OECD Regulatory Policy Outlook 2025. – Paris: OECD Publishing, 2025. URL: https://doi.org/10.1787/56b60e39-
Sodiqov A.Sh. Norma ijodkorligini axborot bilan ta’minlashning huquqiy asoslari (Legal foundations of information support for rulemaking): yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent, 2021. – 50 b.
Sultonova S.A. Norma ijodkorligida “aqlli tartibga solish” modelini qo‘llashning nazariy-huquqiy masalalari (Theoretical and legal issues of applying the smart regulation model in rulemaking): yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent, 2021. – 51 b.
OSCE Office for Democratic Institutions and Human Rights. Guidelines on Democratic Lawmaking for Better Laws. – Warsaw: OSCE/ODIHR, 2023. – 183 p. URL: https://cdn.osce.org/sites/default/files/f/documents/a/3/558321_3.pdf
Office of the Parliamentary Counsel. Drafting Guidance. – London: Cabinet Office, 2024. URL:https://assets.publishing.service.gov.uk/media/660407d091a320001a82b06b/2024.03.19.Drafting-guidance.pdf
Fayziev Sh.X. Qonun ijodkorligi jarayonini takomillashtirish: milliy va xorijiy tajriba: monografiya. – Toshkent: Milliy huquqiy axborot markazi, 2020. – 240 b. ISBN 978-9943-5622-0-2. URL: https://short-url.cc/1Bir6
O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 10-apreldagi O‘RQ–1054-son “Qonunlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish va ko‘rib chiqish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni. URL: https://lex.uz/uz/docs/-7470108
OECD. Recommendation of the Council on Regulatory Policy and Governance. – Paris: OECD Publishing, 2012. URL: https://doi.org/10.1787/9789264209022-en
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF–201-son “Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni. URL: https://lex.uz/uz/docs/-7806403
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-dekabrdagi PQ–394-son “Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish va samarali yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. URL: https://lex.uz/uz/docs/-7962933
Bundesministerium des Innern und für Heimat; Nationaler Normenkontrollrat. Digitalcheck für Gesetze. 2023. URL: https://www.normenkontrollrat.bund.de/Webs/NKR/DE/weniger-buerokratie-und-besseres-recht/digitalcheck/digitalcheck_node.html
OECD. Reviewing the Stock of Regulation: OECD Best Practice Principles for Regulatory Policy. – Paris: OECD Publishing, 2020. URL: https://doi.org/10.1787/1a8f33bc-en
Xo‘janazarov A.A. “Huquqiy ekspertiza” institutining nazariy jihatlari (Theoretical aspects of the institute of legal expertise) // Yurist axborotnomasi – Вестник юриста – Lawyer Herald. – 2021. – № 1. – B. 9–18. URL: https://www.yuristjournal.uz/index.php/lawyer-herald/article/view/162/135