Abstrakt
Mazkur maqolada adliya organlari va muassasalarining huquqiy targ‘ibot faoliyatining nazariy-huquqiy asoslari, mazmun-mohiyati hamda zamonaviy rivojlanish tendensiyalari kompleks tahlil qilingan. Maqolada huquqiy targ‘ibotning huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunlarga hurmat hissini shakllantirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va davlat hamda jamiyat o‘rtasida samarali huquqiy kommunikatsiyani ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida huquqiy targ‘ibot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, adliya organlarining institutsional vakolatlari hamda amaliy faoliyati tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularning kelib chiqish sabablari ilmiy asosda baholangan. Muallif tomonidan huquqiy targ‘ibotning an’anaviy, raqamli va manzilli shakllari, xususan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli platformalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish istiqbollari ochib berilgan. Xorijiy davlatlar tajribasi asosida huquqiy targ‘ibotni takomillashtirishning samarali mexanizmlari yoritilib, huquqiy targ‘ibot milliy konsepsiyasini ishlab chiqish, “oddiy tilda huquq” tamoyilini joriy etish, sun’iy intellekt texnologiyalarini huquqiy targ‘ibot tizimiga integratsiya qilish hamda uning samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan. Maqola natijalari adliya organlari faoliyatini takomillashtirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy faolligini oshirish hamda qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Mazkur ilmiy maqola huquqiy targ‘ibotning davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishdagi strategik ahamiyatini asoslab beradi.
Библиографические ссылки
Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – T.: O‘zbekiston, 2017. URL: https://library.ziyonet.uz/book/82504
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF–5618-son Farmoni. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/78/0454-son), URL: https://lex.uz/docs/-4149765
Alekseyev S.S. Teoriya prava. – Moskva: BEK, 1995. URL: https://rusneb.ru/catalog/000200_000018_rc_22697/
Kudryavsev V.N. Pravovoye povedeniye: norma i patologiya. – Moskva, 1982. URL: https://ci.nii.ac.jp/ncid/BA26229827
Carbonnier J. Sociologie juridique. – Paris, 1978. URL: https://lawcat.berkeley.edu/record/58008
Saidov A.X. Huquqiy madaniyat nazariyasi. – T.: “Akademiya”, 1998. URL:https://n.ziyouz.com/books/kollej_va_otm_darsliklari/huquq/Huquqiy%20madaniyat%20nazariyasi.%201-jild%20(U.Tadjixanov,%20A.Saidov).pdf
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF–5618-son Farmoni. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/78/0454-son). URL: https://lex.uz/docs/-4149765
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
PQ-5040-son Farmoni. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/52/0262-son). URL: https://lex.uz/docs/-5344692
Gesetze im Internet. URL: https://www.gesetze-im-internet.de/
Community Legal Education standarti: URL: https://www.americanbar.org/groups/legal_aid_indigent_defense/resource_center_for_access_to_justice/standards-and-policy/updated-standards-for-the-provision-of-civil-legal-aid/standard-3-3-on-service-delivery-to-communities/
Japan Ministry of Education, Culture, Sports, Science and Technology. URL:https://www.mext.go.jp/en/policy/education/lawandplan/title01/detail01/1373798.htm