Abstrakt
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida sun’iy intellekt (SI) sohasini huquqiy tartibga solishning
amaldagi normativ-huquqiy bazasi tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi – SI texnologiyalarini milliy qonunchilik doirasida samarali boshqarish uchun huquqiy asoslarni aniqlash, mavjud bo‘shliqlarni belgilash va ularni bartaraf etish yo‘llarini taklif etishdan iborat. Tadqiqot natijasida SI ning huquqiy maqomini aniq belgilash, algoritmlarning
shaffofligi, javobgarlik mexanizmlari, shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi hamda milliy innovatsion ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha zaruriy choralar asoslab beriladi. Ilmiy yangilik sifatida, maqolada O‘zbekistonda SI bo‘yicha maxsus huquqiy rejimlar, strategiyalar va ilmiy-tadqiqot institutlarining o‘rni tizimli ravishda yoritiladi. Bundan tashqari, SIni tartibga solishda yagona milliy konsepsiyani ishlab chiqish, qaror qabul qilish jarayonida shaffoflik
va javobgarlikni ta’minlash hamda sud-huquq amaliyotiga SI texnologiyalarini huquqiy asosda integratsiya qilish zarurligi sababli kelgusida SI texnologiyalarini huquqiy jihatdan tartibga solish bo‘yicha milliy konsepsiya ishlab chiqish hamda xalqaro standartlarga mos huquqiy model yaratish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Библиографические ссылки
Filipova I.A. Sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish: ma’ruzalar kursi. Rus tilidan tarjima Z.O.
Kuvandikov, mas’ul muharrir A.R. Axаtоv - Samarqand: Samarqand davlat universiteti, 2022. -179 bet.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 26.08.2021 yildagi PQ-5234-son // URL: https://lex.uz/
docs/-5603319
Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini
yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risida NIZOM (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.11.2021
yildagi 717-son) // URL: https://lex.uz/docs/-5746496
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 475-sonli qarori // URL: https://
lex.uz/uz/docs/-5544451
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 14.10.2024 yildagi PQ-358-son // URL: https://www.
lex.uz/docs/-7158604
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.07.2025 yildagi 425-son // URL: https://
www.lex.uz/uz/docs/-7621993 .
Legal Tech, Education and Digital Transformation of Law. Proceedings of the TSUL 2023 International
Conference, February 20-21, 2023 (https://library-tsul.uz/legal-tech-education-and-digital-transformationof-
law )