Abstrakt
Ushbu ilmiy maqolada erk muxtoriyati tamoyilining genezisi, falsafiy ta’limot sifatidagi mohiyati ochib beriladi. Mazkur tamoyilni amaldagi FKda qanday mujassamlanganligi va uning mazmuni tanqidiy tahlil etiladi. O‘zini o‘zi huquqiy tartibga solish mexanizmining mohiyati, qo‘llash shartlari erk muxtoriyati shartlari bilan bog‘liq ravishda tadqiq etiladi. O‘z huquqlarini cheklashni qo‘llash masalalari tarixiy ildizlari va zamonaviy konstruksiyalari firibgarlar tomonidan o‘zgalar nomidan onlayn kredit olish bilan bog‘liq muammolar bor ekanligi ta’kidlanadi. Fuqarolik munosabatlarida anonim ishtirok etish zaruriyati ochib beriladi. Yakuniy ilmiy xulosada erk muxtoriyati Fuqarolik Kodeksida yuqorida tahlil etilgan tamoyillar tizimi sifatida talqin etilishi maqsadga muvofiqligi asoslantiriladi. Ayni paytda huquqiy plyuralizm asosida mamlakatimiz huquqiy maydonida milliy qonunchilik segmentidan tashqari Anglo-sakson huquqi, Islom moliyasi konstruksiyalari ham amal qilishiga yo‘l qo‘yilganligi ham erk muxtoriyatini mazmunan boyitishga xizmat qilishi haqidagi mulohaza ilgari suriladi.
Muallif fikricha erk muxtoriyatini mutloqlashtirish, uni inson erkinligining eng yuqori oliy ko‘rinishi sifatida baholash to‘g‘ri bo‘lmagan bo‘lur edi. Erkinlik har doim anglab yetilgan zaruriyat hisoblanadi, zaruriyat esa anarxiya, o‘zboshimchalik bilan chiqisha olmaydi. Shu sababli ham, fuqarolik qonun hujjatlarida erk muxtoriyatini uning asosiy o‘zak tamoyillaridan biri sifatida e’tirof etgan xolda, uning muayyan chegaralarini ham yodda tutmoq lozim.
Библиографические ссылки
Кант И. Основа положения метафизики нравов. Собрание сочинение Том IV Москва. 1994. 219 б.
Риль А. Введение в современной философии. / Энциклопедические библиотеки для самообразование. С. Петербург. 1904. 18 б.
Камю А. Бунтующий человек. Москва. 1990. 189 б.
Аванесов С.С. Автономное воле: Кант и Шопенгауэр о бесценности нравственного действие. https://share.google/Mhirl9gpm9vo8L6NN
Бахтин М.М. К философии поступкам. / Философия и социология. Наука и техника. Ежегодник. Москва. 1986. 86 б.
Аронсон Д.О. Свобода и принуждение. Кантовские обоснование понятие право. Москва. 2014. 8 б.
Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida https://lex.uz/docs/4887654.
Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida https://lex.uz/docs/4820060.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi o‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida // https://lex.uz/docs/2742233
Loboda A.I. Avtonomiya voli, yee predelы v sovremennom MChP, unifikasiya v MChP. Leksiya. https://share.google/fdx9OZ6rE0khXlZdz
O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiningFarmoni https://lex.uz/docs/7864099
Islomiy moliya real bozordan ajralmagan iqtisodiyot. Kun.uz. 22:06/10.10.2025.8249 https://kun.uz/news/2025/10/10/islomiy-moliya-real-bozordan-ajralmagan-iqtisodiyot.
Bankirs.uz 09.01.2026 yil15:42.126
О.Окюлов. Правовое пространства Узбекистана. // Правда Востока, 22 августа 2024 года.