Abstrakt
Hozirgi axborot asrida jamoatchilik manfaatlari yo‘lida harakat qilayotgan shaxslar va korporativ sektor o‘rtasida ziddiyat va qarama-qarshiliklarning yuzaga kelishi tabiiy holdir. Ayniqsa, atrof-muhitni muhofaza qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda boshqaruvda shaffoflikni ta’minlash masalalarida bunday qarama-qarshiliklar tez-tez kuzatiladi. Ushbu jarayonlarda jamoatchilik manfaatlari yo‘lida faoliyat yuritayotgan shaxslar ko‘pincha jiddiy bosim va qarshiliklarga duch keladilar. Bunday holatlarda korporativ sektor strategik da’vo arizalari orqali ularning faoliyatini cheklashga harakat qilishi mumkin. Natijada fuqarolarning so‘z erkinligi va samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish imkoniyatlari cheklanadi, bu esa qonun ustuvorligi va demokratik tamoyillarga putur yetkazadi hamda demokratik tizimning samarali faoliyat yuritishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shu sababli, bir qator xorijiy davlatlar qonunchiligida strategik da’volarga qarshi muhofaza choralari joriy etilgan. Mazkur choralarning asosiy maqsadi – sudlarga haqiqiy huquqlarni amalga oshirish va himoya qilishga qaratilgan da’volarni asossiz hamda yetarli darajada asoslantirilmagan da’vo arizalardan ajratib olishda ko‘maklashishdan iborat. Ushbu maqolada sudlar tomonidan korporativ sektor kiritadigan strategik da’vo arizalarini ko‘rib chiqish masalalari, xususan, huquqiy vositalar yetarli darajada aniq belgilanmagan vaziyatlarda qanday yondashuvlar qo‘llanishi zarurligi ilmiy-nazariy tahlil, xalqaro standartlar va xorijiy tajriba asosida yoritiladi. Shuningdek, milliy qonunchilikda strategik da’vo arizalaridan muhofaza qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.
Библиографические ссылки
Benazzo, S., Le Cam, F., Domingo, D., & Fierens, M. (2025). Journalism Facing Autocratization: Analyzing Strategic Lawsuits Against Public Participation (SLAPPs) as Instruments for Media Capture. Journalism Practice, 1-20. DOI: 10.1080/17512786.2025.2598376.
Borg-Barthet, J., & Farrington, F. (2024). The EU’s anti-SLAPP directive: a partial victory for rule of law advocacy in Europe. German Law Journal, 25(6), 840-855.
Farrington, F., & Zabrocka, M. (2023, December). Punishment by Process: The Development of Anti-SLAPP legislation in the European Union. In Era Forum (Vol. 24, No. 4, p.521). Berlin/Heidelberg: Springer Berlin Heidelberg // URL: https://doi.org/10.1007/s12027-023-00774-5.
Lee, J., NG, S., Yoo, I.S. and Zhang, L. (2026), Freedom of Expression Protection and Corporate Concealment of Bad News: Evidence from State Anti-SLAPP Laws. Journal of Accounting Research, 64: 365-415 // URL: https://doi.org/10.1111/1475-679X.70012.
Wu, Z., Bruton, G., & Krause, R. (2025). Activism risk and corporate self‐regulation: Investigating how anti‐SLAPP laws impact firms' institutional corporate social performance. Strategic Management Journal. https://doi.org/10.1002/smj.70031.
Gazeta.uz, 2024 // URL: https://www.gazeta.uz/ru/2024/04/09/vaccines-institute/.
Podrobno.uz, 2024 // URL: https://podrobno.uz/cat/obchestvo/torzhestvo-spravedlivosti-ili-shakhmatnaya-partiya-chto-ne-tak-s-resheniem-suda-po-delu-zastroyshchi/.
Gazeta.uz, 2023 // URL: https://www.gazeta.uz/ru/2023/05/21/conflict/.
Office of the High Commissioner for Human Rights, the impact of SLAPPs on human rights and how to respond, 2024. https://www.ohchr.org/en/documents/brochures-and-leaflets/impact-slapps-human-rights-and-how-respond.
Brander, E., & Turk, J. (2023). Global Anti-SLAPP Ratings: Assessing the strength of anti-SLAPP laws. Center for Free Expression, Toronto Metropolitan University // URL: https://cfe.torontomu.ca/publications/global-anti-slapp-ratings-assessing-strength-anti-slapp-laws. Office of the High Commissioner for Human Rights, the impact of SLAPPs on human rights and how to respond, 2024. https://www.ohchr.org/en/documents/brochures-and-leaflets/impact-slapps-human-rights-and-how-respond.
Coalition Against SLAPPs in Europe (CASE), A 2025 Report on SLAPPs in Europe: Democracy in the Dock, 2026 // URL: https://www.the-case.eu/resources/2025-report-slapps-in-europe-democracy-in-the-dock/.
Directive (EU) 2024/1069 of the European Parliament and of the Council on Protecting persons who engage in public participation from manifestly unfounded claims or abusive court proceedings (Strategic lawsuits against public participation), 2024 // URL: https://eur-lex.europa.eu/legal-content/EN/TXT/PDF/?uri=OJ:L_202401069.
Peter Coe, Rebecca Moosavian & Paul Wragg (2025) Addressing strategic lawsuits against public participation (SLAPPs): a critical interrogation of legislative, and judicial responses, Journal of Media Law, 17:1, p.120 // URL: https://doi.org/10.1080/17577632.2024.2443096.
Fitri, R., Chairullah, M., Primadara, D., Agam, H.A.C., Bustani. (2025). Application of Anti-SLAPP (Strategic Lawsuit Against Public Participation) Principles in Environmental Case Solutions in Indonesia. International Journal of Law, Social Sciences and Humanities (IJLSH), 2(2), 266-274 // URL: https://doi.org/10.70193/ijlsh.v2i2.250.
Law of the Republic of Indonesia, No. 32, 2009, Concerning protection and management of environment // URL: https://greenaccess.law.osaka-u.ac.jp/wp-content/uploads/2019/03/Law-No.32-of-2009-on-The-Management-and-Protection-of-the-Environment.pdf
Sebastian, N., & Masyhar, A. (2023). The implementation of anti-SLAPP (strategic lawsuit action against public participation) in environmental management and protection. CREATION: Journal of Innovation and Community Service, 3(1), 8-18.