Abstrakt
Ushbu maqolada G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari misolida sog‘liqqa bo‘lgan huquqining ayrim normalari qiyosiy-huquqiy tahlil etilgan. Sog‘liqqa bo‘lgan huquq – inson huquqlari bo‘yicha bir qator xalqaro hujjatlarda tan olingan insonning asosiy ijtimoiy huquqlaridan biri sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada davlatlarning sog‘liqni saqlash huquqining asosiy tarkibiy qismlarini o‘z ichiga olgan asosiy tibbiy xizmatlardan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha ijobiy harakatlari batafsil yoritilgan. Ishda sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish yo‘lidagi to‘siqlardan biri tibbiyot huquqi sohasida jinoiy javobgarlikning yetarli darajada tartibga solinmaganligi ekani ta’kidlangan. Shu munosabat bilan, Fransiya, Avstriya, Polsha, AQSH, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston kabi davlatlarning bu boradagi tajribasi o‘rganilgan. Shuningdek, ayrim MDH davlatlarining yondashuvlari ham ko‘rib chiqilgan.