Abstrakt

Mazkur maqolada zamonaviy yuridik ta’lim tizimini takomillashtirishda yuridik klinik va dual ta’limning o‘rni hamda istiqbollari tahlil qilinadi. Maqolada raqamli transformatsiya sharoitida yuridik ta’lim, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini ta’minlash zarurati asoslab beriladi. Yuridik klinikalar talabalarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish vositasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Dual ta’lim esa nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, talabalarni mehnat bozori talablariga mos malakali mutaxassis sifatida tayyorlashda muhim mexanizm sifatida baholanadi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi qonunlari asosida yuridik ta’limni rivojlantirishning huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, AQSH, Germaniya va Buyuk Britaniya tajribasi o‘rganilib, milliy tizimni takomillashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy takliflar ilgari suriladi.

Maqolada, shuningdek, yuridik klinik va dual ta’limni joriy etish orqali bo‘lajak huquqshunoslarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, nazariya va amaliyot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni kuchaytirish hamda raqamli texnologiyalar asosida innovatsion ta’lim muhitini shakllantirish masalalari keng yoritilgan. Shuningdek, yuridik klinikalar aholining huquqiy himoyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bilan bir qatorda, talabalarni real huquqiy vaziyatlarda ishlashga tayyorlovchi samarali pedagogik mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi. Dual ta’lim tizimi esa talabalarni sud, advokatura, davlat organlari va boshqa huquqni qo‘llovchi institutlarda amaliy faoliyatga jalb etish orqali ularning professional tayyorgarligini oshirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Xulosa sifatida, yuridik klinik va dual ta’limni uyg‘unlashtirish zamonaviy yuridik ta’lim sifatini oshirish, malakali kadrlar tayyorlash hamda huquqiy davlat institutlarini mustahkamlashning muhim omillaridan biri ekanligi ta’kidlangan.

Pdf
DOI

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi //

URL: https://president.uz/uz/lists/view/8834

O‘zbekiston Respublikasining 29.10.2019-yildagi O‘RQ–576-son “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni //

URL: https://lex.uz/ru/docs/4571492

O‘zbekiston Respublikasining 23.09.2020-yildagi O‘RQ–637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni // URL: https://lex.

uz/docs/-5013007

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF–5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim

tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni // URL: https://lex.uz/docs/-4545884

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF–232-son “O‘zbekiston Respublikasida yuridik

ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni // URL: https://lex.uz/uz/docs/-7864099

Глузман Ю.В., Муллаширов Р.Н. Юридическая клиника как метод практического обучения будущих юристов

// Мир науки. Педагогика и психология. 2019. № 5. URL: https://mir-nauki.com/PDF/05PDMN519.pdf

Худойкина Т.В., Лысенко В.В. Развитие клинического обучения как важного компонента модернизации

юридического образования // Интеграция образования. 2017. Т. 21. № 1. С. 124–137. DOI: 10.15507/1991-

086.021.201701.124-137. URL: https://edumag.mrsu.ru/content/pdf/17-1/10.pdf

Черкашина И.А. Юридическая клиника УМЭД: 16-летний опыт теоретического и практического обучения

студентов-правоведов // Международные отношения. 2017. № 1. С. 66–71. URL: https://www.uwed.uz/ru/

faculties/6/legal-clinic

Наумович Т.В. Юридическая клиника – формирование нового поколения юристов // София: электрон.

науч.-просветит. журн. 2021. № 2. С. 106–110. URL: https://elib.bsu.by/bitstream/123456789/271393/1/106-110.pdf

Обучение в юридической клинике (правовые основы, методики, юридическая техника и практикум) /

С.А. Балашенко [и др.]; под общ. ред. С.А. Балашенко. Минск: ГИУСТ БГУ, 2008. 408 с. URL: https://law.bsu.by/

pub/44/2473.pdf

Алимова Н.К., Семченко Е.Е., Ахатова Ж.Н. Дуальные технологии образования: отечественный и

зарубежный опыт и вопросы по его применения для повышения качества в деятельности практикующих юристов

// Интернет-журнал «Науковедение». 2015. Т. 7. № 5. URL: http://naukovedenie.ru/PDF/237PVN515.pdf

Махмудова М.А. Юридическая клиника. Учебное пособие. Махачкала: ДГУНХ, 2019. 90 с. URL: https://

dgunh.ru/content/glavnay/ucheb_deyatel/uposob/up-gp-fgos-36.pdf

Усманов Б. Дуальное образование – знание, умения и навыки // Народное слово. 12 января 2025 года.

URL: https://xs.uz/uzkr/site/download?id=3708

Семенова Л.М. Дуальный подход к обучению в высшей школе как ответ на социальный заказ // Мир

науки. Педагогика и психология. 2022. Т. 10. № 2. URL: https://mir-nauki.com/PDF/11PDMN222.pdf

Павлова И.В., Потапов А.А. Европейский опыт использования дуального обучения (на примере Германии)

// Преподаватель XXI век. 2022. № 1. Ч. 1. С. 117–125. DOI: 10.31862/2073-9613-2022-1-117-125. URL: https://

prepodavatel-xxi.ru/sites/default/files/117125_0.pdf

Юридическое образование: международный опыт // URL: https://yuz.uz/ru/news/yuridicheskoeobrazovanie-mejdunarodny-opt

Дуальное образование в Германии (Duales Studium) // URL: https://euni.ru/informatsiya/statji/obrazovanie/

duales-studium

Лахтионов В.А., Щербаков А.В. Юридическая клиника — главный помощник в обучении будущих юристов

// Молодой ученый. 2016. № 18 (122). С. 343–344. URL: https://moluch.ru/archive/122/33819/